09:38 / 22.09.2022
761
O‘zbekiston va Shvetsiya ekologiya sohasida hamkorlik qilishni boshlaydi

Stokholmda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Shvetsiya Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi xalqaro kotibiyati bosh direktori o‘rinbosari Tomas Lindman va xalqaro hamkorlik departamenti direktori o‘rinbosari Maykl Xagman bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Muloqot chog‘ida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligini rivojlantirish istiqbolli yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Shvetsiya tomoni O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va mamlakatdagi tabiiy resurslarni asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni, barqaror ekologik rivojlanishni ta’minlash, cho‘llanishga qarshi kurashish va yerlar degradatsiyasi oldini olishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida muntazam aloqalarini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Mavzuga oid
Top