09:49 / 23.09.2022
3604
O‘zbekiston mahsulotlari ko‘proq qaysi davlatga sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston eksportidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 1,8 mlrd dollar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Xitoy – 1,7 mlrd;
  • Turkiya – 1,1 mlrd;
  • Qozog‘iston – 884 mln;
  • Qirg‘iziston – 598 mln;
  • Afg‘oniston – 465 mln;
  • Tojikiston – 309 mln;
  • Turkmaniston – 146 mln;
  • Kanada – 137 mln;
  • Eron – 108 mln AQSh dollari.
Top