11:33 / 23.09.2022
39472
O‘zbekiston Rossiyaga 63 ming tonna shaftoli yetkazib berdi

Shaftoli eksporti 20 ming tonnaga oshgan.

Foto: agronet

O‘zbekiston 2022 yil yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 66,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 74,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shaftoli eksporti o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 20 ming tonnaga oshgan.

2022 yil 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p shaftoli eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 62,9 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 6,1 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 4,5 ming tonna;
  • Turkmaniston – 471 tonna;
  • Belarus – 261 tonna.

2022 yil 8 oyida xorijga eng ko‘p shaftoli eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati – 42,2 ming tonna;
  • Samarqand viloyati – 6,2 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 6 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 5,3 ming tonna.
Mavzuga oid
Top