20:51 / 23.09.2022
7503
TOPISH – Kun.uz’da yangi loyiha

Kun.uz sayti ish qidiruvchi mutaxassislar uchun yangi TOPISH loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Endi nafaqat ish topish, balki undagi har bir daqiqa qanday o‘tishi haqida ma’lumot olish mumkin.

Munosib ish topish jamiyatda o‘z o‘rnini topishda muhim turtkidir. Bugun ish topish uchun murojaat qilish qiyin emasdir, ammo endi mos ishni topdim deganda uning ayrim jihatlarini hisobga olmaganlik ishga mehr yo‘qolishi yoki butkul voz kechishga olib keladi.

Kun.uz sayti ish qidiruvchi mutaxassislar uchun yangi TOPISH loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Loyihada nafaqat ish topish, balki o‘sha ishdagi muhitni his qilish uchun bir kunlik ishchi holatni boshdan kechirish imkoniyati bor.

Loyihaning maqsadi faqatgina ish o‘rinlari haqida ma’lumot berish emas, ish qidiruvchini qiziqtirgan barcha savollarga javob topish, ish faoliyatining o‘ziga xos jihatlari bilan ko‘rsatishdan iborat.

O‘zbekistonning top kompaniyalaridagi turli lavozimlarda bir kunlik ish, muloqot jarayoni bilan tanishtiramiz.

TOPISH loyihasining birinchi sonida respublikadagi yetakchi mobil kompaniyalarning biri – Mobiuz kompaniyasi sotuvlari va xizmat ko‘rsatish guruhi mutaxassisi lavozimidagi bir kunlik faoliyat haqida batafsil ma’lumot olasiz.

Mobiuz — o‘z xodimlari professional o‘sishidan manfaatdor hamda xodimlarni o‘qitish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan katta kompaniya.

O‘z rezyumelaringizni rabota@myums.uz elektron pochtasiga yuboring yoki saytning o‘zida onlayn-anketani to‘ldiring.

O‘zingizga mos bo‘sh ish o‘rnini toping va Mobiuz bilan birga peshqadamlik qiling!

Ko‘nglingizdagi ishning ikir-chikirlarigacha o‘rganishni, kimlar bilan hamkasb bo‘lishingizni bilishni istasangiz TOPISH loyihasini kuzatib boring. Bizning INSTAGRAM

Agar sizning kompaniyangizda ham qiziqarli vakansiyalar mavjud bo‘lsa bizga murojaat qiling!  Hamkorlik uchun: https://t.me/Reklamavkunuz

Top