10:18 / 24.09.2022
9673
Aholisida avtomobillar soni eng ko‘p bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

Qaysi hudud aholisida avtomobillar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yil 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 3 268 470 tani tashkil etmoqda. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilyapti – 525 028 ta.

Ikkinchi o‘rinni 392 475 ta avtomobil bilan Samarqand viloyati egallagan bo‘lsa, uchinchidan pog‘onadan 325 009 ta mashina bilan Farg‘ona viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Toshkent viloyati – 324 154 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 260 583 ta;
  • Andijon viloyati – 223 783 ta;
  • Namangan viloyati – 218 613 ta; 
  • Buxoro viloyati – 212 757 ta;
  • Xorazm viloyati – 210 255 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 183 364 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 135 872 ta;
  • Navoiy viloyati – 97 439 ta;
  • Jizzax viloyati – 90 860 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 68 278 ta.
Mavzuga oid
Top