10:34 / 24.09.2022
2658
AQSh O‘zbekiston bilan aloqalarni C5+1 formatida mustahkamlaydi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Foto: Dunyo

BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahrida bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Viktoriya Nuland Amerika tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Rasmiy Vashingtonning O‘zbekiston bilan aloqalarni ikki tomonlama darajada va C5+1 formatida mustahkamlashga tayyorligi ma’lum qilindi.

AQSh davlat kotibi o‘rinbosari O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari va amaliy qadamlarini olqishladi. Mamlakatning Afg‘onistonda barqaror tinchlik va barqarorlikka erishish, qo‘shni davlatga keng ko‘lamli gumanitar yordam ko‘rsatish, infratuzilma va energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlariga yuksak baho berildi.

Uchrashuv davomida turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali, savdo-investitsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Mavzuga oid
Top