19:06 / 24.09.2022
11309

YeI kengashi raisi Rossiyani tark etishni istaganlar uchun chegaralarni ochishga chaqirdi

Sharl Mishelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi «Kreml quroli bo‘lishni xohlamaydiganlar uchun ochiq bo‘lishi lozim». 

Foto: Reuters

Vatanini tark etishni istagan rossiyaliklar Yevroittifoqqa kirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak, dedi Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi «Kreml quroli bo‘lishni xohlamaydiganlar uchun ochiq bo‘lishi lozim».

«Yevropa ittifoqi o‘z siyosiy qarashlari sababli xavf ostida qolganlarni qabul qilishi kerak. Rossiyadagi odamlar Kremlning Ukraina bo‘yicha ahmoqona qaroriga bo‘ysunmagani uchun xavf ostida bo‘lsa, buni e’tiborga olishimiz darkor», — dedi Mishel.

Avvalroq Yevroittifoq Rossiya bilan soddalashtirilgan viza rejimi to‘g‘risidagi kelishuvni to‘xtatgandi. Natijada rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish qiyinroq va qimmatroq bo‘ldi.

Estoniya, Latviya, Litva va Polsha 19 sentabrdan boshlab rossiyaliklarning Shengen vizasi bo‘yicha kirishlarini butunlay taqiqladi.

O‘z navbatida, Germaniya safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng Rossiyani tark etishni istaganlar uchun ochiqligini ma’lum qildi.

Mavzuga oid
Top