11:23 / 26.09.2022
5322

Andijondan Urganch va Xivaga poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

28 sentabrdan «Andijon - Xiva - Andijon», 29 sentabrdan esa «Andijon - Urganch - Andijon» yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

Foto: Kun.uz

Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona vodiysidan Toshkent shahri hamda boshqa viloyat markazlariga temiryo‘llar soni va sifati talab darajasida emasligi tanqid qilingandi. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lum qilishicha, prezident topshirig‘ini bajarish maqsadida qo‘shimcha 651/652-sonli «Andijon — Xiva — Andijon» yo‘lovchi poyezdi qatnovi 28 sentabrdan yo‘lga qo‘yildi.

29 sentabrdan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan «Andijon — Buxoro» yo‘lovchi poyezdi harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.

Top