16:28 / 28.09.2022
29172
Nonni ko‘ziga surtayotgan xarkivlik va Rossiya chegaralaridagi navbatlar. Urush suratlari

27 sentabr kuni Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar va Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi «referendum»larning dastlabki natijalari paydo bo‘ldi. Tashkilotchilarning e’lon qilishicha, bu regionlarda yashovchi aholining 87 foizdan 99 foizgacha bo‘lgan qismi «Rossiyaga qo‘shilish» tarafdori ekanini bildirgan. Rossiyaning Gruziya bilan chegaradagi «Verxniy Lars» nazorat o‘tkazish punktida mobil harbiy komissariat punkti joylashtirilgan - 21 sentabrdan buyon bu yerga minglab rossiyaliklar oqib kelmoqda. Shimoliy Osetiya ma’muriyati Rossiyaning boshqa hududlaridan bo‘lganlarning mazkur hududga kirishi cheklanishini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi safarbarlikdan bo‘yin tovlagan rossiyaliklarni ekstraditsiya qilish so‘rovi bilan qo‘shni davlatlar rasmiylariga murojaat qilish rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi. Ukraina qurolli kuchlari Oskol daryosining chap sohilida joylashgan shahar tipidagi Kupyansk-Uzlovoy posyolkasini ozod qildi. Bu Xarkiv oblastidagi eng yirik temiryo‘l kesishmalaridan biri. 

Quyida 27 sentabr, urushning 216-kunida Ukraina va Rossiyaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblastidagi kundalik hayot

Xarkivdan 45 kilometr sharqda joylashgan Stariy Saltov posyolkasi hududida Shimoliy Don daryosi bo‘ylab qayiqda yonilg‘i tashiyotgan odamlar. Ukraina qurolli kuchlari Stariy Saltovni may oyi boshida ozod qilgandi. Hozir mutaxassislar posyolkadan Xarkivga olib boruvchi yo‘lni jangovar harakatlar oqibatlaridan tozalashmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Izyumlik kishi janglar hududida qoldirilgan patronlardan bo‘shagan qutilarni o‘tin qilish uchun olib ketmoqda. Izyum 10 sentabr kuni ukrain qo‘shinlari tomonidan ozod etildi, ammo shaharda yashash sharoitlari hamon og‘irligicha qolmoqda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Katoliklarning Caritas Internationalis xayriya tashkiloti vakillari tomonidan tarqatilayotgan yegulik uchun navbatga turgan xarkivliklar.
27 sentabrdan buyon Xarkiv shahri aholisiga davlatdan gumanitar yordam kelishi to‘xtab qolgan, hukumat asosiy e’tiborni yaqinda ozod qilingan hududlar aholisini ta’minlashga qaratgan. Endi xarkivliklarga xayriya tashkilotlari g‘amxo‘rlik qilmoqda.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Xarkivlik keksa ayol gumanitar yordam doirasida olgan nonini ko‘ziga surtib o‘pmoqda.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA

Odessa oblastidagi ko‘ngillilar Ukraina armiyasi uchun mashina va pechkalar tayyorlamoqda

Odessa oblastida Dnestrovskiy liman ko‘rfazi bo‘yidagi Belgorod—Dnestrovskiy shahrida ko‘ngillilar guruhi Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun harbiy va fuqarolik avtomashinalarini ta’mirlash bilan shug‘ullanmoqda, shuningdek, ular qishda foydalanish uchun «burjuyka»lar (temir pechka) yasamoqda.

EPA / Scanpix / LETA
EPA / Scanpix / LETA
EPA / Scanpix / LETA

«Referendumlar»

Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlarida, shuningdek, o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»da Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha «referendum»lar o‘tkazildi. Rossiyaning o‘zi nazorat qilayotgan ushbu hududlarda ovozlar 100 foiz sanab chiqilganidan keyin, «Rossiyaga qo‘shilish»ni go‘yoki Zaporijjya oblastida – 93,11 foiz, Xersonda – 87,05 foiz, «DXR»da – 99,23 foiz, «LXR»da – 98,42 foiz odam qo‘llab-quvvatlagan.

 

Luhanskdagi ovoz berish uchastkasi
AP / Scanpix / LETA
Luhanskda Rossiya bayrog‘i ostida turgan politsiyachi
AP / Scanpix / LETA

Rossiya chegaralaridagi navbatlar

Safarbarlik e’lon qilingach, minglab rossiyaliklar zudlik bilan mamlakatni tark etishga kirishdi. Natijada Rossiyaning qo‘shni mamlakatlar bilan chegaralarida ko‘p kilometrlik tirbandliklar yuzaga keldi. O‘tgan kunlar ichida qariyb 100 ming rossiyalik Qozog‘istonga o‘tgan. Gruziya bilan chegaradagi «Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazish punktida 27 sentabr kuni 5,5 ming mashina navbatda turgandi, tirbandlik uzunligi 30 kilometrgacha yetadi. So‘nggi kunlarda Rossiya va Gruziya chegarasini 10 ming kishi kesib o‘tgan.

Rossiya—Gruziya chegarasidagi tirbandlikning sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri.
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
«Verxniy Lars» nazorat-o‘tkazish punktidagi rossiyaliklar.
Zurab Tsersvadze / AP / Scanpix / LETA
RF va Gruziya chegarasidagi rossiyaliklar.
Mirian Meladze / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Qozog‘istondagi «Teploye» nazorat-o‘tkazish punktida piyodalarga berilgan navbat raqami.
«KPP Teploye Shagan — Peshkom» telegram-kanali
Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi «Teploye» nazorat-o‘tkazish punktida navbat.
«KPP Teploye Shagan — Peshkom» telegram-kanali
RF va Mo‘g‘uliston chegarasidagi «Altanbulag» nazorat-o‘tkazish punktida navbatda turgan rossiyaliklar. 26 sentabr holatiga ko‘ra, chegarasini Rossiyaning 3000 dan ortiq fuqarosi kesib o‘tgan
Byambasuren Byamba-Ochir / AFP / Scanpix / LETA

Safarbarlik

Rossiyada 21 sentabr kuni e’lon qilingan safarbarlik davom etmoqda. OAVda tarqalgan ko‘plab xabarlarga ko‘ra, bu jarayon juda tartibsiz kechmoqda. Chaqiruv qog‘ozlari armiyada xizmat qilmagan va jangovar tajribaga ega bo‘lmaganlarga ham yuborilmoqda. Shuningdek, safarbar etilganlar hech qanday tayyorgarliksiz frontga jo‘natishayotganidan shikoyat qilishmoqda.

Irkutskda safarbar qilinganlar.
Aleksey Kushnirenko / TASS
Sevastopolda safarbar qilinganlar.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Sevastopolda armiyaga chaqirilganlarni cho‘qintirayotgan pop.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Sevastopolda safarbar qilinganlarni kuzatishga chiqqan ayollar va bolalar. 
AFP / Scanpix / LETA
Vladivostokda armiyaga chaqirilganlar «Oslyabya» desant kemasi yaqinida
Yuriy Smityuk / TASS
Mavzu
Rossiyada safarbarlik
21 sentabr kuni Putin Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qildi. Ukrainadagi urush uchun yana kamida 300 ming kishi jalb etiladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top