07:59 / 29.09.2022
5179
Kiyev «hammani hammaga» formulasi bo‘yicha asirlar almashishga tayyorlanmoqda

Kiyev Moskva bilan hammani hammaga formulasi bo‘yicha asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi (RBB) rahbari Kirill Budanov asirlar oilalari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Foto: TASS

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar qiyin kechmoqda. Budanovning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina va Rossiya Federatsiyasi asirlarining so‘nggi almashinuviga ikki oydan ortiq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

Shu bilan birga, Budanov aynan qancha asirlar haqida gapirayotganini tushuntirmagan. Ayni paytda, Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchukning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2,5 ming ukrainalik Rossiya asirligida bo‘lib turibdi.

O‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 1,1 milliard dollarlik yangi qurol paketini taqdim etishini e’lon qildi. 

AQSh Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, uning tarkibiga 18 ta HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari va o‘q-dorilar, 150 ta Humvee zirhli yo‘ltanlamaslari, 150 ta taktik mashinalar, radarlar, shuningdek, yaqinda Rossiya qo‘shinlari tomonidan qo‘llanilgan Eronda ishlab chiqarilgan zarba beruvchi dronlarga qarshi mudofaa tizimlari kiradi. 

Bundan oldin Germaniya Ukrainaga eng yangi IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berishi xabar qilingandi. Bu haqda Germaniyaning Ukrainadagi elchisi Anka Feldxuzen aytib o‘tdi.

«Ukrainska pravda» nashriga bergan intervyusida u ikkinchi tizim Ukrainaga joriy yilning oxirigacha, yana ikkitasi esa keyingi yilning boshida kelishini aytdi. 

Feldxuzenning so‘zlariga ko‘ra, Berlin va’da qilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari hozirda ishlab chiqarilmoqda. Elchi yetkazib berishdagi kechikishlar siyosiy qarorlar bilan emas, balki IRIS-T ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligini ta’kidladi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top