19:14 / 29.09.2022
4330
Orolbo‘yida deyarli 400ta masala joyida hal etildi

Ommaviy qabulda 586 nafar murojaatchining mehnat va bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kredit olish, uy-joy ta’miri bilan bog‘liq masalalari ko‘rib chiqildi.

Nukus shahrida Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida Jo‘qorg‘i Kenges raisi va sektorlar rahbarlarining ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda murojaatlarning aksariyati mehnat va bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kredit olish, uy-joy ta’miri bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Ommaviy qabulda 586 nafar murojaatchining 616ta masalasi ko‘rib chiqilib, ularning 382tasi joyida hal qilindi, qolgan masalalarni o‘rganish va yechim topish bo‘yicha aniq muddat hamda mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.

Qoraqalpog‘istondagi sektorlar rahbarlarining bu kabi ochiq jonli muloqotlari Orolbo‘yining boshqa hududlarida ham tashkil qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top