13:03 / 30.09.2022
6467

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Kavkaz hududlaridan kuchsiz ifodalangan antitsiklon kirib kelishida faqat Qoraqalpog‘iston bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 20-25 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 1 oktyabr kuni antitsiklon respublika barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent viloyatida kechasi va ertalab va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 21-26 daraja issiqqacha pasayadi.

2 oktyabr kuni antitsiklon ta’siri hali ham davom etadi. O‘zbekiston bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi termometr ustuni 8-13 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 21-26 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Mavzuga oid
Top