09:46 / 30.09.2022
8670

Zelenskiy: Putin tinch yashashdan ko‘ra urushni ko‘proq xohlaydi

Rossiya o‘zini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlar «qo‘shilganidan» so‘ng, Ukrainaning egallab olingan hududiga olib kelgan falokatga qo‘shiladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urushning 218-kuni yakunlari bo‘yicha o‘z videomurojaatida ma’lum qildi.

Foto: Picture Alliance

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada «bir kishi» urushni davom ettirishni istaydi va shu tufayli butun jamiyat normal iqtisodiyotsiz, munosib hayotsiz, hech qanday insoniy qadriyatlarga hurmatsiz qolyapti. 

«Buni hali ham to‘xtatish mumkin. Lekin buni to‘xtatish uchun siz Rossiyada urushni hayotdan ko‘ra ko‘proq xohlaydigan bitta odamni to‘xtatishingiz kerak bo‘ladi. Bu - sizning hayotingiz, Rossiya fuqarolari», - dedi Zelenskiy. Biroq u Putinning nomini tilga olmadi.

Ukraina prezidenti, shuningdek, chechenlar, ingushlar, osetinlar, cherkeslar va Rossiyaning boshqa barcha mahalliy xalqlarini «200-yuk» bo‘lib qolmaslik uchun urushga bormaslikka chaqirdi. Murojaatining bir qismini ruslarga yo‘naltirdi, u rus tilida e’lon qildi.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lishga qaror qilgan rossiyalik askarlarga Ukraina harbiylari madaniyat bilan va xalqaro konvensiyalarga rioya qilgan holda munosabatda bo‘lishini va’da qilgandi.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya hukumati asirga tushish tafsilotlaridan xabar topmasligiga - ya’ni Rossiya rasmiylari kimdir ixtiyoriy taslim bo‘lganini bila olmasligiga hamda birorta rossiyalik o‘z ixtiyoriga qarshi Moskvaga qaytarilmasligiga va’da qilgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top