07:24 / 01.10.2022
9506

Toshkentda 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatilishi prognoz qilinmoqda

Dam olish kunduz kunlari Toshkentda G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.

"O‘zgidromet" xodimi Erkin Abdulahadovning yozishicha, 29-30 sentabr kunlari quyoshdagi aktiv chaqnash zonalarida siklik quyosh chaqnashlari ro‘y berdi. 

Mazkur chaqnashlar 1-2 oktabr kunlari shimoliy yarim sharning o‘rta kengliklaridan yuqori mintaqalarida 5 balli magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi prognoz qilinmoqda. 

Xususan, poytaxt Toshkentda ham 1-2 oktabr kunlari 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Qutbiy kengliklarda esa kishilar faol qutb yog‘dusi hodisalariga guvoh bo‘lishi mumkin.

Bugun va ertaga juda ko‘pchilikda bosh orqa qismida karaxtlik va biroz ko‘ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.

Magnit bo‘roni – Quyosh shamoli ta’sirida Yer magnitosferasi vaqtincha o‘zgarishi. Quyosh shamoli kuchayishi magnitosferani ma’lum darajada siqadi. Bundan tashqari, quyosh shamoli Yerning magnit maydoni bilan o‘zaro reaksiyaga kirib, undan ajralgan energiya bir qismini magnitosferaga o‘tkazadi. Bu magnitosfera bo‘ylab plazma to‘lqinlari harakati tezlanishi va elektr oqimi kuchayishiga olib keladi.

Top