15:22 / 03.10.2022
5419

Azal Airlines Boku va Samarqandni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Foto: AP

Ozarboyjonning Azal aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni boshlamoqda. Boku — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 5 oktyabr kuniga belgilangan.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, bu yo‘nalishda muntazam parvozlar haftasiga ikki marta Airbus A320 samolyotlarida: seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Samarqand xalqaro aeroportida hokimlik, O‘zbekistondagi Ozarboyjon diasporasi, Uzbekistan Airports, Air Marakanda va Azal aviakompaniyalari vakillari ishtirokida ilk reysning tantanali kutib olinishi rejalashtirilgan.

1992 yilda tashkil etilgan «Ozarboyjon havo yo‘llari» (Azal) yirik aviatashuvchi bo‘lib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo‘lgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblanadi. 

Samarqand Ozarboyjon aviatashuvchisi parvoz qiladigan O‘zbekistondagi ikkinchi shaharga aylanadi. Bokudan Toshkentga parvozlar muntazam ravishda payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda.

Top