09:32 / 03.10.2022
7960

Britaniya: Limanning yo‘qotilishi - Rossiya uchun jiddiy siyosiy muvaffaqiyatsizlik

Rossiya qo‘shinlarining Limandan chekinishi, Rossiya «ozod qilmoqchi» va uni qo‘shib olishga harakat qilayotgan Donetsk oblastida joylashgani hisobga olinsa, RF uchun jiddiy siyosiy muvaffaqiyatsizlikdir. Bu haqda Britaniya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan hisobotda aytiladi.

Foto: AFP

Vazirlikning ta’kidlashicha, bu qaror allaqachon yuqori martabali amaldorlar tomonidan Rossiya harbiy rahbariyatini jamoatchilik oldida oshkora tanqid qilishning yangi to‘lqiniga olib kelgan.

«Noqonuniy bosib olingan hududlarda yerlarning keyingi yo‘qotilishi jamoatchilikning yana bir tanqidiga va oliy qo‘mondonlikka bosimning kuchayishiga olib kelishi mumkin», deyiladi hisobotda.

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining G‘arbiy va Markaziy harbiy okruglarining kam sonli bo‘linmalari, shuningdek safarbar etilgan zaxiradagi askarlar Limanda joylashgan bo‘lishi mumkin.

Bundan oldin Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastidagi Liman shahrini qaytarib olgandi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu shahar ustidan nazorat boy berilganini tan oldi va bu Ramzon Qodirov hamda Rossiyadagi urushning boshqa tarafdorlari tomonidan keskin tanqid qilindi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top