08:33 / 03.10.2022
3193
Saudiya Arabistonidan Samarqand, Buxoro va Urganchga reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni havo qatnovi bitimi loyihasini imzolashni muhokama qilyapti.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston Transport vazirligida Saudiya Arabistoni haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida Saudiya Arabistoni  va O‘zbekiston o‘rtasida transport, xususan, havo transporti sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish va turizm yo‘nalishida aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish, davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelgusida Saudiya Arabistoni aviakompaniyalarini «Ziyorat turizmi» dasturi doirasida tarixiy shaharlar - Samarqand, Buxoro hamda Urganchga muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar yaqin muddatlar ichida yangilangan havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqishni yakunlab, uni imzolashga kelishib oldi.

Mavzuga oid
Top