17:51 / 04.10.2022
6468

Ta’lim muassasalarida qishki ta’tilni tashkil etish tartibi belgilandi

Foto: KUN.UZ

“Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Dekabr oyi oxirgi 10 kunligi va yanvar oyi birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)lari har yilgi 2 haftalik qishki ta’tili o‘tkaziladi.

Qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avvaldan chipta to‘liq qiymatidan 50 foizli chegirma asosida respublika ichidagi poyezdlarga (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yo‘lovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) hamda mahalliy aviareyslarga chiptalar ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma asosida sotish tavsiya etiladi.

2022 yildan qishki ta’til davrida o‘quvchi va talabalar yo‘nalishli shaharlararo avtobus qatnovi orqali harakatlanishi uchun muddatli imtiyozlar to‘plamini (chegirmali chiptalar, aksiyalar) taqdim etish mexanizmi joriy etiladi.

Top