15:02 / 05.10.2022
3325

“Beeline Uzbekistan” tarmog‘i yana 150 ta baza stansiyasiga ko‘paydi

Foto: Beeline Uzbekistan

Digital-operator respublikaning barcha hududlarida qo‘shimcha baza stansiyalarini (BS) ishga tushirish orqali texnologik tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda. Birgina sentabr oyida kompaniya 150 ga yaqin yangi kabinetni tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirdi. Ularning aksariyati  4G/LTE standartiga tegishli.

“Beeline Uzbekistan” (VEON Ltd tarkibiga kiradi) 14 500 dan ortiq baza stansiyalariga ega mamlakatdagi eng yirik tarmoqlardan biriga ega. Biroq bu rivojlanishni to‘xtatish degani emas: uyali aloqa xizmatlari birinchi marta paydo bo‘lgan aholi punktlari hali ham mavjud, abonentlar sonining umumiy o‘sishi ham tarmoqni kengaytirishni talab qiladi. Qo‘shimcha uskunalar ilgari o‘rnatilgan baza stansiyalariga yukni kamaytiradi, buning natijasida har bir foydalanuvchi uchun digital-xizmatlar sifati oshadi.  

Sentabr oyida eng ko‘p yangi baza stansiyalari Toshkent va Qashqadaryo viloyatida ishga tushirildi – bu yigirmadan ortiq BS. Uchinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati – 18 ta kabinet. Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Andijon viloyatlarida deyarli bir xil miqdorda yangi uskunalar paydo bo‘ldi.

“Tarmoqni rivojlantirish rejalari kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va hajmiga    abonentlar ehtiyojlarining o‘sishini qoplash maqsadida ishlab chiqilgan. Vaziyatga qarab, katta shaharlarda ham, kichik qishloqlarda ham, avtomobil yo‘llari va temiryo‘l vokzallarida, sanoat korxonalari va talabalar shaharchalari hududlarida qo‘shimcha uskunalar talab qilinadi. Ammo bir narsa aniq: har bir hududda tarmoq yanada kengroq, ishonchli va yaxshiroq bo‘ladi. Biz abonentlar manfaatlarini ko‘zlab ishlaymiz va O‘zbekistonning barcha rezidentlari uchun LTE tarmog‘i qamroviga erishish yo‘lida ishonch bilan qadam bosmoqdamiz”, — dedi “Beeline Uzbekistan”ning texnik direktori Mahmud Nodirov.

***

“Unitel” MChJ 2006 yilning 12 sentabrdan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEOM 8 mamlakatda 220 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama huquqi asosida

Top