18:37 / 06.10.2022
10301
Chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar bir necha yildan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda

Muhammadali va Soliha – kamida uch yildan beri O‘zbekistonda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar bo‘lib qolmoqda.

Foto: Thinkstock

O‘zbekistondagi FHDYo organlari 2022 yilning 9 oyi davomida 688 421 ta tug‘ilish holatini qayd etdi.

  • 👶🏻 O‘g‘il bolalar — 356 425 nafar
  • 👧🏻 Qiz bolalar — 331 988 nafar.

Bu davr mobaynida O‘zbekistonda tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan.

Foto: "Davlat xizmatlari" rasmiy kanali

Bu tendensiya 2020 yildan beri davom etib kelmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston tug‘ilish ko‘rsatkichi bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid
Top