14:03 / 06.10.2022
37530

Holandni to‘xtatib bo‘lmayapti, «Barsa» yana guruhda qolib ketishi mumkin. YeChLda 3-tur yakunlari

Chempionlar ligasida seshanba va chorshanba kunlari o‘tkazilgan 3-tur o‘yinlari haqida.

A guruhi

Amsterdamdagi dahshat

Ayaks — Napoli 1:6
Gollar: Quddus (9) — Raspadori (18, 47), Di Lorenso (33), Zelinski (45), Kvaratsxeliya (63), Simeone (81).
Ayaks – Pasveyer, Rensx (Bas, 84), Bassi, Timber (Grillich, 80), Blind, Alvares, Taylor (Klassen, 72), Quddus, Tadich, Bergeys (Brobbi, 72), Bergveyn. 
Napoli – Meret, Di Lorenso (Dzanoli, 84), Rrahmani, Kim, Olivera, Lobotka (Gaetano, 80), Zelinski (Ndombele, 46), Zambo-Angissa, Losano, Kvaratsxeliya (Elmaz, 64), Raspadori (Simeone, 64).
Chetlatish: Tadich (73).

Yozda Xvicha Kvaratsxeliya «Ayaks»ga o‘tishi kutilgandi, lekin amsterdamliklar jamoasida qanot hujumchilari borasida hech qachon muammo bo‘lmagan, hozirda bu pozitsiyada Bergvayn javlon urmoqda. Aynan u o‘yinda tezkor golni tashkillashtirdi va qatorasiga uchinchi o‘yinda Quddusga golli pas berdi. Ammo bu porlash uzoq vaqtga bo‘lmadi, haqiqiy shouni esa ustroil Xvicha uyushtirdi. U tovoni bilan pas berib Oliverani oldinga chiqardi, u esa o‘z navbatida kechaning yana bir qahramoni Raspadoriga ideal pas uzatdi.

Bo‘lim o‘rtalaridan o‘tib Kvaratsxeliya burchakdan jarima zarbasini ijro etib, to‘pni Di Lorensoning boshiga tashlab berdi. Birinchi bo‘limdagi faqat uchinchi gol gruzin vingeri ishtirokisiz amalga oshdi, bo‘lim oxirida «Napoli» hujumga chiqqanida «Ayaks» himoyachilari pozitsiyalarini yo‘qotib qo‘yishdi va maydon markazidan yugurib borgan Zelinski oradagi farqni oshirdi. Jamoalar tanaffusdan qaytishi bilan maydon markazidagi pressingdan chiqib kelgan Zambo-Angissa yuqori sport formasida bo‘lib turgan Raspadorining ikkinchi goliga hammualliflik qildi.

Yakunda «Napoli» Italiyaning guruh bosqichi 3-turiga kelib 10 dan ortiq gol urgan ilk jamoasiga aylandi, aniqrog‘i gollar soni 13 taga yetdi, Xvicha zaxiraga olinishidan oldin Raspadori bilan devor uslubida o‘ynab, hisobni yanada yiriklashtirdi. Shundan so‘ng kechaning qahramonlari xotirjam zaxira o‘rindig‘iga yo‘l olishdi.

«Ayaks» yevrokubokda bir o‘yinda 5 ta gol o‘tkazishi oxirgi bor 1980-yillarda «Bavariya»ga qarshi o‘yinda kuzatilgandi, ammo jamoaning dahshatli tushi davom etdi: mezbonlar yetakchisi Tadich maydondan chetlatildi va Raspadorining o‘rniga tushgan Jovanni Simeone oltinchi golni urdi. O‘zining taniqli otasidan farqli o‘laroq Jovannining bu turnirdagi ishlari yaxshi ketmoqda. Kvaraxseliya esa — top darajadagi futbolchi ekanini va «Ayaks»ga o‘tmagani to‘g‘ri qaror bo‘lganini yana bir bor namoyish etdi.

Liverpul — Reyndjers 2:0
Gollar: Aleksander-Arnold (7), Saloh (53, penalti).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 90+3), Matip, van Deyk, Tsimikas, Henderson (Fabino, 70), Tiago Alkantara (Milner, 81), Saloh, Jota (Firmino, 69), Dias, Nunes (Elliott, 80). 

So‘nggi vaqtlarda Aleksandr-Arnold — qattiq tanqidlar nishonida qolmoqda. Ammo «Reyndjyers»ga qarshi o‘yinda «Liverpul» himoyachisi nihoyat o‘zini ko‘rsatdi va jarima zarbasidan ajoyib gol urib hisobni ochdi. Bu uning o‘zi uchun qandaydir alohida hodisa emas, ammo mersisaydliklar asosiy yevrokubokda 2014 yil dekabridan buyon jarima zarbasidan gol urmagandi, o‘shanda bu ishni Stiven Jyerrard qilgandi.

Hozirda «Aston Villa»ga ustozlik qilayotgan sobiq futbolchi seshanba oqshomida o‘z faoliyatidagi bu ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuvini tomosha qilish uchun keldi. U klublardan biriga futbolchilik faoliyatini bag‘ishlagan, ikkinchisida bosh murabbiy sifatida boshlagan. Maydonda esa mezbonlar ikkinchi bo‘limda muvaffaqiyatini rivojlantirishdi va Dias penalti ishlagach, Saloh mehmonlarning 39 yoshli posboni Makgregorga gol urdi. Shotlandiyalik fanatlar tribunalarda maydondagi futbolchilardan ko‘ra jonliroq ko‘rinishdi.

12 oktyabr. Napoli — Ayaks, Reyndjyers — Liverpul.

B guruhi

Belgiya tavqi la’nati

Bryugge — Atletiko 2:0
Gollar: Sova (36), Yutgla (62).
Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Ximenes (Kondogbia, 46), Reynildu, Lorente (Korrea, 33), Karrasko (Felish, 80), Koke, Vitsel, Grizmann, Morata (Kunya, 65).
Aniq ijro etilmagan penalti: Grizmann (76).

Sensatsiya ko‘rsatib guruh yetakchisi bo‘lib olgan «Bryugge» «Atletiko»ni ham hayron qoldirdi. «Matraschilar» bosim uyushtirayotgan va vaziyatlar yaratayotgandi, keyin esa «Barselona»ning sobiq forvardi Yutgla solo ijro etib, bo‘sh darvoza qarshisidagi Sovani to‘p bilan ta’minladi.

Shundan keyin barcha o‘yindan oldingi statistikani eslay boshladi, unga ko‘ra Belgiya — madridliklar uchun o‘ta noqulay mamlakat, ular bu yerda biror marta g‘olib bo‘lishmagan. «Bryugge» esa hisobni ochib olgach, raqibni qiynay boshladi. Yutgla esa «Atletiko» uchun haqiqiy dahshatga aylandi. Agar Oblak bo‘lmaganida ushbu forvard birgina gol bilan cheklanmasdi. Belgiyaliklar klubi uch o‘yinda gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozondi — bu haqiqiy fantastika.

Portu — Bayyer 2:0
Gollar: Sanusi (69), Galeno (86).
Aniq ijro etilmagan penalti: Shik (45).
Chetlatish: Frimpong (88, Bayyer).

«Dragau»dagi o‘yinda VAR ko‘p bor vaziyatga aralashdi. Avvaliga «Bayyer» Hadson-Odoining golidan mahrum etildi - hujum boshlanish chog‘ida qoida buzilgani uchun. Keyin «Portu» futbolchilari hakam penalti bermaganida erta quvonishdi, videotakrordan keyin baribir qo‘l bilan o‘yin uchun penalti qo‘yildi, ammo yaqinda Chexiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi o‘yinida 11 metrdan gol ura olmagan Shik Diogu Koshtega qarshi duelni ham boy berdi. Darvozabonning bu qahramonligi jamoa muvaffaqiyati debochasi bo‘ldi, ikkinchi bo‘limda jamoa qarshi hujumlarda ikki gol urdi.

12 oktyabr. Atletiko — Bryugge, Bayyer — Portu.

S guruhi

Benuqson «Bavariya»

Bavariya — Viktoriya Plzen 5:0
Gollar: Sane (7, 51), Gnabri (13), Mane (21), Shupo-Moting (59). 
Bavariya – Noyyer, Mazraui, Upamekano (Pavar, 72), de Ligt, Devis (Stanishich, 46), Goretska (Zabitser, 73), Gravenberx, Mane, Gnabri, Sane (Tel, 58), Musiala (Shupo-Moting, 46). 

O‘lim guruhida «Bavariya» yaqqol favorit ekani avvalgi turlardayoq ma’lum bo‘lib ulgurdi. «Barselona» va «Inter» ikkinchi o‘rin uchun kurashmoqda, bu ikki raqibni ham yengib bo‘lgan myunxenliklar uchinchi turda autsayderni mag‘lub etib, oradagi farqni oshirib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. «Viktoriya» bu qarama-qarshilikda ojiz edi, nemislar birinchi golni urishi uchun birinchi hujumning o‘zi yetarli bo‘ldi va Sane to‘pni darvoza to‘sini ostidan yo‘lladi.

Voqealar rivoji shuni ko‘rsatdiki, chexlar nafaqat myunxenliklar darajasida emas, balki Chempionlar ligasi darajadasida ham emas. Mezbonlar xuddi mashg‘ulot vaqtidagidek osonlik bilan harakat qilishdi, masalan Mane manekenlarni aldab o‘tgandek harakatlanib, o‘z golini urdi. Bu Chempionlar ligasi tarixidagi 9500-golga aylandi.

«Bavariya» turnirning guruh o‘yinlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 31 o‘yinga yetkazdi va «Real»ning rekordini yangiladi. Myunxenliklarning bu seriyadagi yana bir tarixiy natijasi — qatorasiga o‘n g‘alaba.

Inter — Barselona 1:0
Gol:
Chalxono‘g‘li (45+2).
Inter – Onana, Darmian (Gozens, 77), de Vrey (Acherbi, 77), Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Dumfris, 76), Mxitaryan, Chalxono‘g‘li (Aslani, 85), Barella, Korrea (Jyeko, 57), Martines.
Barselona – ter Stegen, Roberto, Kristensen (Pike, 58), Garsiya, Alonso (Balde, 64), Buskets, Pedri, Gavi (Kessie, 83), Levandovski, Dembele, Rafinya (Fati, 64).

«Inter» chuqur inqirozda. A Seriyaning dastlabki sakkiz turida «nerradzurri» atigi 12 ochko to‘pladi, to‘rt o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Qora-ko‘klar o‘tgan mavsum davomida jami shuncha mag‘lubiyat qayd etishgandi. 2020/21 yillardagi chempionlik mavsumida atigi uch mag‘lubiyat bo‘lgandi. Chempionlar ligasi startida «Inter» o‘z uyida «Bavariya»ga hech qanday qarshiliksiz taslim bo‘ldi.

Muammo guruhdagi raqiblar — «Bavariya» va «Barselona» ekanida emas. Asosiysi «Inter»da alohida yorqin o‘yin kuzatilmayapti. Qolaversa, Xorvatiya terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan Marselo Brozovich safdan chiqdi — u sardor, yetakchi va jamoaning miyasi hisoblanadi, maydon markazida o‘yin u orqali quriladi. Futbolchilar formada emasligidan tashqari, Simone Indzagining murabbiylik yechimlariga ham savollar bor.

Ammo «Barselona»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida «Inter» namunali o‘ynadi — konsentratsiya bo‘yicha ham, taktik plandan ham. Jamoa quyi va o‘rta blokda tig‘iz joylashib, tezkor qarshi hujumlarga chiqdi — bunda yangilik yo‘q, ammo ijro ajoyib darajada bo‘ldi. Bo‘lim davomida «Barselona» to‘pga egalik qilish bo‘yicha 69 foizlik ustunlikka ega bo‘lsa-da (165 taga qarshi 378 ta pas berildi, yetti bor burchak zarbasi ijro etildi), raqib darvozasi qarshisida birorta xavfli vaziyat yarata olmadi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa qarshi hujumda emas, raqib jarima maydoni atrofidagi bir necha urinishlardan keyin Hoqon Chalxono‘g‘li jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi. Turkiyalik futbolchi 6 yildan buyon YeChLda gol urolmayotgandi, uning turnirdagi so‘nggi goli «Bayyer» safida Moskvaning TsSKA klubiga qarshi o‘yinda urilgandi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga borib mezbonlar deyarli qarshi hujum qilmay qo‘yishdi. Keyin Andre Onana to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi va Pedri darvozani ishg‘ol etdi — kamerunlik darvozabon baxtiga to‘p Pedriga borishda Ansu Fatining qo‘liga tekkandi va referi Zlatko Vinchich VAR orqali vaziyatni kuzatgach, golni bekor qildi.

«Inter» shundan keyin ham jarima maydoni atrofida himoyalanib o‘ynashda davom etdi, lekin «Barselona»ning o‘yinida ham alohida o‘zgarishlar bo‘lmadi — kataloniyaliklarga tezkorlik va drayv yetishmadi. Xavi kelgach yana ochilgan Usmon Dembele bu o‘yinda foyda keltira olmadi.

«Barselona» o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishi mumkin edi, qanotdan to‘p uzatib berilganida Denzel Dyumfris qo‘li bilan o‘ynadi, ammo Vinchich ham, uning videoassistentlari ham penalti belgilash uchun asos ko‘rishmadi. Pedrining goli bekor qilingan vaziyatdagi e’tirozlari uchun sariq kartochka olgan Xavi bu vaziyat borasidagi fikrlarini o‘yindan keyin bildirdi. U Milanda jamoani tunashgani haqida gapirdi, lekin fakt shuki uning jamoasi juda o‘rtamiyona o‘yin namoyish etdi.

Endi kataloniyaliklar qatorasiga ikkinchi mavsum Chempionlar ligasida guruh bosqichida qolib ketish xavfi ostida qolmoqda. Agar «Barselona» keyingi haftada o‘z uyida «Inter»ni yenga olmasa, juda og‘ir ahvolga tushib qoladi.

12 oktyabr. Viktoriya Pl — Bavariya, Barselona — Inter.

D guruhi

Darvozabon o‘yinni barbod qildi

Marsel — Sporting 4:1
Gollar: Sanches (13), Harit (16), Balerdi (28), Mbemba (84) — Trinkau (1).
Marsel – Lopes, Kloss (Kabore, 33), Mbemba, Bayi (Jigo, 77), Balerdi, Tavaresh, Veretu (Ronjye, 62), Harit (Jyerson, 77), Genduzi, Sanches, Under (Guyye, 62). 
Sporting – Adan, Eshgayyu, Sen-Jyust (Marsa, 46), Reys, Inasiu, Santush (Paulinyu, 46), Ugarte (Nazinyu, 46), Gonsalvesh (Aleksandropulos, 46), Morita, Edvards (Israel, 26), Trinkau.
Chetlatish: Adan (23).

Avvalgi turlarda birorta ochko ololmagan «Marsel» bu o‘yin arafasida muxlislar ko‘magidan ham mahrum bo‘ldi. «Ayntraxt»ga qarshi o‘yindagi harakatlar tufayli UYeFA «Velodrom» tribunalarini bo‘sh qoldirishga qaror qildi. Stadionga faqat «Sporting»ning bir guruh muxlislarigina kiritildi va ular 51-soniyadayoq o‘z sevimlilarining goliga guvoh bo‘lishdi. Ammo portugaliyaliklarning quvonchini jamoa darvozaboni Adan yo‘qqa chiqardi.

Avvaliga u to‘pni uzoqlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yib, Aleksis Sanches hisobni tenglashtirishiga imkon berdi. Keyin esa uning uloqtirgan to‘piga maydon markazida Genduzi ega chiqdi va bu «Marsel»ning ikkinchi goli bilan yakunlandi.  Adanning «benefis»i jarima maydoni tashqarisida qo‘l bilan o‘ynagach, maydondan chetlatilishi bilan yakunlandi. Uning o‘rniga tushirilgan Israel bir necha daqiqa o‘tib Balerdidan gol o‘tkazib yuborgach, o‘yin taqdiri amalda hal bo‘ldi. Qiziq tomoni, marselliklar Chempionlar ligasida so‘nggi to‘rt g‘alabasiga birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan o‘yinlarida erishgan.

Ayntraxt — Tottenhem 0:0
Ayntraxt – Trapp, Hasebe, Ndika, Tuta, Yakich, Rode (Pellegrini, 71), Sou, Kamada, Lindstrem (Ebimbe, 87), Kolo-Muani (Borre, 57), Knauff.
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayyer, Langle (Devis, 78), Romero, Perishich (Sessenon, 71), Hyoyberg, Bentankur, Son, Keyn, Risharlison (Xil, 79).

12 oktyabr. Sporting L — Marsel, Tottenhem — Ayntraxt F.

E guruhi

«Chelsi» ko‘tarila boshladi

Chelsi — Milan 3:0
Gollar: Fofana (24), Obameyang (56), Jyeyms (62).
Chelsi – Arrisabalaga, Jyeyms, Silva, Kulibali, Fofana (Chaloba, 38), Chiluell, Kovachich (Jorjino, 66), Loftus-Chik, Maunt (Haverts, 74), Obameyang (Gallaher, 65), Sterling (Broya, 75). 
Milan – Teterushanu, Dest, Tomori, Kalulu, Ballo-Ture, Krunich (Gabbiya, 65), Binnosir (Pobega, 73), Tonali, de Ketelare (Rebich, 65), Jiru (Origi, 73), Leau (Dias, 72).

Ko‘klar murabbiyni almashtirganiga bir oy bo‘ldi, ammo bu vaqt ichida Grem Potter jamoa bilan faqat ikki o‘yin o‘tkazishga ulgurdi — Chempionlar ligasida «Zalsburg»ga qarshi va dam olish kunlarida APLda «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin. Terma jamoa o‘yinlari uchun olingan tanaffus yangi murabbiy jamoa bilan yaqindan ishlashiga imkon bermadi. «Chelsi» Potter davrida qanday o‘ynay boshlashini hozircha faqat taxmin qilish mumkin.

«Milan» esa jarohatlar girdobiga tushib qoldi. Qizil-qoralar asosiy darvozabon Mayk Menyan, maydon futbolchilari Simon Ker, Teo Ernandes, David Kalabriya, Aleksis Salemakers, Junior Messias, Alessandro Florensi, Zlatan Ibrahimovichsiz qolishgan. Ker, Kalabriya va Salemakers «Empoli»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda safdan chiqishdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Divok Origi jarohat tufayli bir oydan buyon o‘ynamayotgandi. 

Natijada «Milan» maydonda juda nursiz o‘yin ko‘rsatdi. Mehmonlar o‘z darvozasi atrofidan qisqa paslar bilan chiqishga urindi, ammo bu o‘xshamadi. Bunday harakatlar «Chelsi»ning goliga olib keldi. Londonliklar burchak zarbalari seriyasi yakunida hisobni ochishdi, Vesli Fofana to‘pni shunchaki darvoza to‘riga kiritib yubordi. Bu vaziyatda Ismael Binnosir to‘pni uzoqlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygandi.

Milanliklarning nursiz o‘yinini ranglantirishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi — bu Rafael Leau. Portugaliyalik forvard birinchi bo‘lim oxirida chiroyli yurish qilib bordi — bu hujum yakunida Sharl de Ketelare bergan zarbani darvozabon qaytardi, Rade Krunichning qaytgan to‘pga bergan zarbasi yuqoridan o‘tib ketdi. Bu «Milan»ning o‘yindagi ilk zarbalari bo‘ldi. Uchinchi va oxirgisi birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda bo‘ldi, Origi bosh bilan xavfsiz zarba yo‘lladi. Bu epizod «rossoneri»ning shu kechadagi holatini ko‘rsatib berdi.

Mehmonlarga tezlik va intensivlik yetishmadi. «Chelsi» esa «Milan» himoyachilari Ris Jyeymsning uzatmasi vaqtida qanotlarni adashtirib yuborishi oqibatida ro‘y berdi. Ko‘klarning sobiq futbolchisi Fikayo Tomorining uzatmani to‘sishga bo‘lgan urinishi juda muvaffaqiyatsiz chiqdi - Obameyang osonlik bilan farqni oshirdi. Uchini gol ham milanliklarning yomon harakatlanishi oqibatida kelib chiqdi, to‘p olib qo‘yildi va qanotdan jarima maydoniga kirib borgan Jyeyms yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«Chelsi» turnir jadvalining oxirgi o‘rnidan ko‘tarildi, «Milan» bir haftadan keyingi javob o‘yiniga yaxshiroq tarkibda bo‘lishi dargumon. Keyin ko‘klar «Zalsburg»ga safar qiladi, bu jamoa birinchi davrada yutqazmagan va guruhda peshqadamlik qilmoqda. Bu guruhda hamon hech qaysi jamoaga pley-off kafolatlanmagan.

Zalsburg — Dinamo Zagreb 1:0
Gol: Okafor (71, penalti).
Zalsburg – Ken, Dedich, Sole, Pavlovich, Ulmer (Veber, 79), Zayvald, Suchich (Gurna-Duat, 90), Kapaldo, Kergor, Okafor (Adamu, 79), Sheshko. 
Dinamo Z – Livakovich, Muharrami (Bochkay, 80), Teofil-Katrin (Drmich, 76), Perich, Shutalo, Lyubichich, Ademi, Mishich, Ivanushets (Baturina, 87), Orshich (Shpikich, 80), Petkovich.

Zalsburgdagi o‘yin taqdirini o‘ta qo‘pol fol hal qildi, belgilangan penaltini ijro etgan Okafor guruh bosqichi startidagi uch o‘yinning har birida gol urgan ilk shveysariyalikka aylandi. Avstriya chempionlari safida turnirni bunday yorqin boshlash faqat Holandga nasib etgandi, Okaforning o‘yinlari tufayli birinchi davradan keyin «Zalsburg» guruhda birinchi o‘rinda va pley-offga chiqish uchun yaxshi imkoniyat saqlab qolmoqda.

11 oktyabr. «Dinamo» — «Zalsburg», «Milan» — «Chelsi».

F guruhi

Rodrigo natija keltirdi

Real — Shaxtyor 2:1
Gollar: Rodrigo (13), Vinisius (26) — Zubkov (39).
Real – Lunin, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Kroos, Valverde, Tchuameni (Kamavinga, 75), Benzema, Vinisius, Rodrigo (Asensio, 80). 
Shaxtyor – Trubin, Konoplya, Matviyenko, Bondar, Mixaylichenko, Mudrik, Stepanenko (Traore, 88), Sudakov (Jurasek, 88), Bondarenko, Shved (Petryak, 67), Zubkov (Sikan, 67).

La ligada kutilmaganda «Osasuna»ga qarshi o‘yinda qoqilgan madridliklar «Shaxtyor»ga qarshi o‘yinda o‘zlarini oqlab olishdi. Ha, Zubkov vatandoshi Luninni ranjitgan holda ajoyib gol urdi, jarohat olgan Kurtua o‘rniga darvozani qo‘riqlayotgan ukrainalik ishonchli harakat qilmayapti, ammo bu gol o‘yin natijasiga ta’sir qilmadi. Agar ikkinchi bo‘lim boshida Mudrikning yurishi aniq zarba bilan yakunlanganida o‘yinda voqealar rivoji o‘zgarib ketishi ham mumkin edi.

Umuman olganda «Real» o‘yinni nazorat qildi, Chempionlar ligasi o‘yinlarida katta sahnaga chiqadigan Rodrigo asosiy yevrokubokdagi gollari sonini 11 taga yetkazdi, u 21 yoshida qaymoqranglilar afsonasi Raul bilan bir xil natija ko‘rsatmoqda. U Vinisius Juniorning goliga pas ham berdi. «Santyago Bernabeu»dagi oqshomning yana bir asosiy voqeasi Karlo Anchelottining Chempionlar ligasidagi 102-g‘alabasi qayd etilishi bo‘ldi, bu orqali italiyalik mutaxassis Aleks Fergyusonning rekordini takrorladi.

Leypsig — Seltik 3:1
Gollar: Nkunku (27), Silva (64, 77) — Jota (47).
Leypsig – Gulachi (Blasvix, 13), Simakan, Orban, Gvardiol, Raum (Halstenberg, 81), Kampl (Aydara, 71), Shlager, Soboslai (Poulsen, 82), Silva, Verner (Forsberg, 71), Nkunku. 
Seltik – Hart, Yuranovich, Uelsh, Yyens, Teylor, Makgregor (Abilgor, 38), O`Rayli (Hakshabanovich, 75), Hatate (Makkarti, 82), Jota, Maeda (Forrest, 75), Furuhasi (Yakumakis, 82).

Bu juftlik amalda pley-off uchun kurashni kim davom ettirishini hal qilib oldi. Chorshanba kuni «Leypsig» ilk daqiqalardanoq «Seltik»dan ko‘ra faolroq bo‘ldi. «Ho‘kizlar»ni darvozabon Gulachi o‘yin boshidayoq jarohat olib safdan chiqqani ham to‘xtata olmadi va tanaffusga qadar ular bittadan ko‘proq gol urishi mumkin edi. Ammo Nkunkuning bir goli ofsayd tufayli bekor qilindi, Verner esa yana bir bor qulay vaziyatlarni yo‘qqa chiqarish bo‘yicha qobiliyatini namoyish etdi.

Yakunda bu qimmatga tushishi mumkin edi, ikkinchi bo‘lim mehmonlarning goli bilan boshlandi va «Leypsig» yana barini boshdan boshlashiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga hadeganda mezbonlarning omadi kelavermadi, vaziyatlardan birida to‘p ustunga tegdi, Sobosloining goli ham bekor qilindi. Ammo «Seltik»ni Hart uyaltirdi, u «Sporting» posboni Adanning ishini takrorladi. Angliyalik darvozabon to‘pni Andre Silvaga sovg‘a qildi va u golsiz seriyasiga ikki gol bilan barham berdi - u oxirgi bor avgust oyida Germaniya kubogi doirasida to‘rtinchi divizion jamoasiga gol urgandi.

11 oktyabr. «Seltik» — «Leypsig», «Shaxtyor» — «Real».

G guruhi

Sevilyaliklarning halokati

Sevilya — Borussiya D 1:4
Gollar:
An-Nosiri (51) — Gerreyru (6), Bellingem (41), Adeyyemi (43), Brandt (75).
Sevilya – Bunu, Navas (Montel, 46), Gudel, Karmona, Salas, Telles, Rakitich (Dileyni, 62), Isko (Gomes, 62), Suso (Lamela, 46), Jordan (Dolberg, 77), An-Nosiri. 
Borussiya D – Mayyer, Mene, Zyule, Shlotterbek, Gerreyru (Rote, 80), Jan, Brandt (Azar, 85), O‘zjan (Papadopulos, 85), Bellingem, Adeyyemi (Malen, 64), Mukoko (Modest, 80).

Mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgan «Sevilya» tezkor gol o‘tkazib yubordi, keyin ozchilik bo‘lib qolishiga sal qoldi, bosh hakam himoyaga kelgan forvarda An-Nosiriyni chetlatmoqchi edi, ammo VAR vaziyatga aralashdi - «Borussiya» hujumi boshlanishida qoida buzilgani aniqlandi. Oqlangan marokashlik esa ikkinchi bo‘limda yagona javob golini urdi. Faqat bu gol jamoani qutqara olmadi, chunki andalusiyaliklar o‘yinda burilish yasash uchun boshqa imkoniyatlardan foydalana olishmadi, dortmundliklar tanaffusga qadar hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ygandi va o‘yinni ishonch bilan nazorat qildi.

Natijada «Sevilya» 2002 yildan buyon ilk bor qatorasiga 4 o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Bunday natijadan keyin Xulen Lopetegining iste’fosi muqarrar bo‘lib qoldi.

Manchester Siti — Kopenhagen 5:0
Gollar: Holand (7, 32), Xocholava (39, avtogol), Mahrez (55, penalti), Alvares (75).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu (Lyuis, 57), Laport, Diash, Gomes, Grilish, Gundo‘g‘an, Silva (Uilson-Esbrand, 66), Mahrez, Holand (Palmer, 46), Alvares. 

Foto: Reuters

Bu siyqasi chiqqan gap - ammo Holand yana gol urdi. Ikki bor. Qolaversa, o‘z faolligi bilan Xocholava avtogol urishiga sababchi bo‘ldi. Chempionlar ligasida norvegiyalik hujumchi gol mashinasi rejimida ishlamoqda, u 22 o‘yinda 28 bor raqib darvozabonlarini ranjitgan. Bu o‘rtacha bir o‘yinga 1,27 gol deganni, Opta hisoblariga ko‘ra, Holand bu ko‘rsatkich bo‘yicha asosiy yevrokubokda qatnashgan 98 jamoadan ustun. Gvardiola tanaffusda qotil hujumchisiga dam berishga qaror qildi, aks holda u gollari sonini oshirishda davom etishi mumkin edi. Bunday snayper bilan «Manchester Siti» keyingi turdayoq pley-off masalasini hal qilishi tayin.

11 oktyabr. «Kopenhagen» — «Manchester Siti», «Borussiya» — «Sevilya».

H guruhi

Lissabon zabt etilmay qoldi

Benfika — PSJ 1:1
Gollar:
Danilu (22, avtogol) — Messi (22).
Benfika – Vlaxodimos, Ba, Otamendi, A.Silva, Grimaldo, Mariu, R.Silva, Florentinu, Fernandes (Eursnes, 78), Neres (Pinyu, 90+1), Ramush (Draksler, 78). 
PSJ – Donnarumma, Hakimi, Ramos, Danilu, Markinos, Mendesh (Bernat, 67), Ruis, Verratti, Vitinya, Messi (Sarabiya, 81), Neymar, Mbappe.

«Da Luj»dagi o‘yin turning o‘ziga xos o‘yinlaridan biri edi, «Benfika» ham, «PSJ» ham terma jamoalar uchun tanaffus vaqtida yo‘qotishlarga uchramagandi. Agar Donnarumma bo‘lmaganida parijliklar birinchi bo‘lim o‘rtalarida murakkab holatga tushib qolishi mumkin edi. Ammo italiyalik posbon ikkita qiyin zarbani qaytardi, Mbappe, Neymar va Messi uyushtirgan hujumga esa argentinalik yulduz mahorat bilan nuqta yo‘qdi.

Leo uchun «Benfika» u Chempionlar ligasida gol urgan 40-jamoa bo‘ldi. Faqat uning goli g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi, «Benfika» hujum qilishda davom etdi va «Portu»ning sobiq yarimhimoyachisi Danilu Pereyra o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Tanaffusdan keyin «PSJ» bosimni kuchaytirishda davom etdi, ammo jamoa mag‘lubiyatga uchrashi ham hech gap emasdi, ammo Donnarummaning mo‘jiza ko‘rsatish limiti tugab qolmadi va u o‘yin oxirida Rafa Silvaning yurishini to‘xtatib qoldi. «Burgutlar» an’anasini davom ettirdi: ular hech qachon o‘z maydonida fransuz klublariga yutqazmagan. Jumladan Parij klubiga ham, bu jamoa «Da Luj»da bunga qadar ikki bor yutqazgandi.

Yuventus — Makkabi Hayfa 3:1
Gollar: Rabo (35, 83), Vlahovich (50) — Devid (75).
Yuventus – Shchesni, Danilo, Bremer, De Shilo (Sandro, 46), Paredes (Miretti, 85), Rabo, Makkenni, Kuadrado (Bonuchchi, 67), Di Mariya, Kostich (Lokatelli, 66), Vlahovich (Ken, 73). 
Makkabi H – Koen, Sundgren, Batubinsika, Goldberg, Sek, Kornyu (Haziza, 60), Sheri, Abu-Fani (Lavi, 72), Al-Faz (Rukavitsa, 84), Tshibota (Atsili, 60), Perro (David, 72).

Startda muvaffaqiyatsizlikka uchragan «Yuventus» nihoyat g‘alabaga erishdi. Turinliklarga shunchaki «Makkabi» qiyofasidagi oson raqib uchradi, deyish ham mumkin, ammo Massimiliano Allegri uchun ijobiy yangiliklar ham bor. Birinchidan, uch kun avval «byankoneri»lar A seriyada «Bolonya»ni yirik hisobda taslim etishgandi (3:0) va bu jamoaning 31 avgustdan buyon ilk g‘alabasi bo‘ldi. Ikkinchidan, terma jamoaga borib kelganidan keyin Di Mariya porlay boshladi. Chorshanba kungi o‘yinni argentinalikning uchta golli uzatmasi hal qildi. U YeChLdagi golli uzatmalar sonini 34 taga yetkazdi, bu borada faqat Messi (35) undan oldinda. Jamoa hali ideal holatda emas, ammo tunnel oxirida yorug‘lik ko‘rina boshladi.

11 oktyabr. «Makkabi» — «Yuventus», «PSJ» — «Benfika».

Top