15:15 / 06.10.2022
7322
Mirziyoyev Putinni «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, O‘zbekiston prezidenti tegishli farmonni imzolagan.

Qayd etilishicha, Vladimir Putin mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini rivojlantirish hamda tavalludining 70 yillik yubileyi munosabati bilan orden bilan mukofotlandi.

Joriy yilning sentabr oyi o‘rtalarida Xitoy rahbari Si Jinping “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangandi.

Xitoy raisi “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘lgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘lgandi.

Bu orden 2020 yilda ta’sis etilgan.

Top