GFCI Xalqaro moliya markazlari global indeksi Toshkentga “Uyushgan xalqaro moliya markazi” maqomini berdi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi ma’lum qildi.
GFCI reytingi xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi: moliya bozori, biznes-muhit, inson kapitali, infratuzilma, obro‘.
Reyting tuzuvchi tashkilotning moliyaviy-investitsion hamjamiyati – Z/Yen Group 30 ming nafar moliya sektori vakillarini, dunyoning 138 ta mamlakatlaridan 5 mingta xalqaro korporatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Respublika poytaxtining indeksga kiritilishi xalqaro investorlar va biznes vakillari tomonidan investitsion qarorlarni qabul qilishda O‘zbekistonni kapital kiritish uchun yurisdiksiya sifatida tanlashga rag‘batlantiradi.