07:33 / 10.10.2022
9088

Hisor qo‘riqxonasidagi fotokamera obektiviga Turkiston silovsini muhrlandi 

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Hisor davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon obektiviga Turkiston silovsini muhrlandi.

Turkiston silovsini tabiiy majmualarda zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan  tur hisoblanadi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil  ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.  

Turkiston silovsini ko‘pincha tuyoqli hayvonlar, mayda qushlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, Turkiston silovsini bugungi  kunda qo‘riqxonaning G‘ilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bo‘limlarida uchraydi va ularning umumiy soni 160 boshni tashkil qiladi.

Top