15:21 / 10.10.2022
20219

IIV tizimida 6 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

G‘ulom Eshimbetov

IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti xabariga ko‘ra, IIV akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik G‘ulom Eshimbetov Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Qahramon Shermatov

IIV akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik Qahramon Shermatov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy – ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Shodiyev

Podpolkovnik Sherzod Shodiyev Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy–ma’rifiy va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Sh.Shodiyev Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Bahrom Xidirov

Podpolkovnik Bahrom Xidirov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B.Xidirov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Murod Boltayev

IIV akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik Murod Boltayev Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Akbar Yusupov

IIV akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik Akbar Yusupov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid
Top