12:15 / 10.10.2022
8302

O‘zbekistonda 9 oyda eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida qayd etildi

O‘zbekistonda 9 oyda qancha tug‘ilish qayd etilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha 681 760 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 085 taga ko‘paygan. 

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni eng ko‘p Samarqand viloyatida kuzatildi – 81 882 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 74 055 ta hamda 71 748 ta tug‘ilish holati qayd etilgan Farg‘ona viloyati va Qashqadaryo viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich boshqa hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Andijon viloyati – 63 386 ta; 
  • Namangan viloyati – 59 967 ta;  
  • Surxondaryo viloyati – 59 702 ta; 
  • Toshkent shahri – 54 822 ta;
  • Toshkent viloyati – 54 710 ta; 
  • Buxoro viloyati – 32 640 ta; 
  • Xorazm viloyati – 31 162 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 30 863 ta;  
  • Jizzax viloyati – 29 802 ta;  
  • Navoiy viloyati – 19 652 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 17 369 ta.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda turibdi.

Top