O‘zbekistonda har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.
Prezident selektorida e’lon qilinishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi.
Bunda:
- undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla budjetida qoladi;
- har yili 1 fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla budjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;
- kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.