11:21 / 11.10.2022
3569
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish hajmi bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda 1,2 mln tonnadan ortiq go‘sht yetishtirildi.

Statistika qo‘mitasi viloyatlar kesimida O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish hajmi (tirik vaznda) bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar-iyun oylari mobaynida mamlakatimizda jami 1221,6 ming tonna go‘sht yetishtirilgan.

Go‘sht yetishtirish hajmi katta bo‘lgan beshta viloyat tarkibiga Toshkent (149,4 ming tonna), Qashqadaryo (142,6 ming tonna), Samarqand (142 ming tonna), Buxoro (128 ming tonna) va Jizzax (89,7 ming tonna) viloyatlari kirgan.

Mavzuga oid
Top