15:21 / 12.10.2022
8587
Qo‘rqinch bilan yashayotgan ona: “Bolamning vaqti kam qoldi”

12 yoshli Sunnatilloga suyak saratoni – osteosarkoma tashxisi qo‘yilgan. U sog‘ayishi uchun zudlik bilan qilinishi kerak bo‘lgan operatsiya esa Hindistonda qilinadi.

Sunnatilloga murakkab tashxis qo‘yilgan – osteosarkoma. Uning o‘ng oyog‘i boldir suyagida saraton xastaligi aniqlangan kundan beri oilaning tinchligi yo‘qolgan. Sunnatilloning otasi umumta’lim maktabida o‘qituvchilik bilan oila tebratayotgan edi. Ammo vaziyatning bunday tus olishi uni ishidan voz kechishga majbur qildi. Chunki nomi ham qo‘rqinchli bu dardning kelishi oson bo‘lsa-da, ketishi mushkul edi. Avvaliga Moskva shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar tashxisning aniqligini ko‘rsatdi. Ammo u yerda davolanish uchun imkoniyatlari yetmaganligi sabab O‘zbekistonga qaytishdi.

Bir muddat davolangach, farzandi hayoti uchun hech narsani ayamagan ota bor-yo‘g‘ini to‘plab, kira qilib ro‘zg‘or boqayotgan avtomobilini ham sotib Hindistonga ketishadi. Qaytadan o‘tkazilgan tekshiruvlar zudlik bilan operatsiya o‘tkazilishi kerakligini isbotlaydi.

“Bor-budimizni sotib, umid bilan borgandik Hindistonga. O‘sha yerdan bolamni o‘z oyog‘ida yurgizib kelaman deb niyat qilgandim. Afsus, mablag‘imiz yetmasdan yana ortga qaytdik.

Bizda judayam vaqt kam qoldi. O‘g‘limni omon-eson operatsiya qildirib kelishimda, saratondan saqlab qolishimda yordamingizni ayamang. Bolam sportga qiziqardi, bolaligidan tinimsiz shug‘ullanardi”, - deya vatandoshlaridan ko‘mak so‘raydi bemorning onasi Dilso‘z Yusupova.

Ayni paytda Sunnatillo Respublika bolalar milliy tibbiyot markazida davolanmoqda. Tajribali shifokorlarning sa’y-harakati bilan bolaning ahvoli yomonlashishdan saqlab turilibdi. Ammo bu harakatlar ham kun kelib foyda bermasligi mumkin. Bir insonning hayotini saqlab qolish, uning yaqinlariga katta ne’matni taqdim etish ham baxt aslida. Shu himoyaga qodir yaxshilar oramizda bisyor.

Sunnatillo Yusupovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0201 5867 3595 qarindoshi Bobur Abdumajidov nomida

Manzil: Farg‘ona shahri, “Do‘stlik” MFY, Moturidiy ko‘chasi, 28 uy, 43 xonadon.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top