17:51 / 14.10.2022
6137
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Rossiya yetakchilari uchrashuvida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdi.

“Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari mintaqaviy sheriklikni kuchaytirish maqsadida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi aloqalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi.

Mavzuga oid
Top