12:13 / 17.10.2022
4995

O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi

2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi soni – 35,3 mln kishini tashkil qiladi. Shundan ayollar soni – 17,5 mln kishi, erkaklar soni – 17,8 mln kishi.

Shaharda yashovchilar – 17,9 mln kishi, qishloqda yashovchilar – 17,4 mln kishi.

O‘z navbatida, tug‘ilish soni – 905,2 ming kishi, o‘limlar soni – 174,5 ming kishi. 

O‘zbekistonda ko‘rsatilgan davrda nikohlar soni – 305,1 mingtani, ajrimlar soni – 39,2 mingtani tashkil qildi.

Top