16:29 / 19.10.2022
3725

Toshkentda «Nexia-3» va mototsikl to‘qnashishi oqibatida bir kishi shifoxonaga yotqizildi

Foto: IIBB axborot xizmati

Chilonzor tumanida “Nexia-3” va mototsikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 19 oktabr kuni soat 13:30 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinasi hamda 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi mototsikl ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida mototsikl haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top