09:48 / 21.10.2022
13264

«O‘g‘izxon» qarorgohida Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi

Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi «O‘g‘izxon» qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yetakchisini qo‘shni davlat prezidenti Serdar Berdimuhamedov kutib oldi.

Davlat rahbarlari sharafiga faxriy qorovul saf tortib, davlat madhiyalari yangradi.

Shundan so‘ng ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida rasmiy doiradagi uchrashuvlar, muzokaralar boshlandi.

Top