14:31 / 24.10.2022
113283
Ozodbek Nazarbekov Shukurulloh domla bilan quda bo‘ldi

O‘zbekiston madaniyat vaziri, taniqli xonanda Ozodbek Nazarbekov va Toshloq tuman bosh imom xatibi Shukurjon domla Egamberdiyev quda bo‘ldi.

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘li Ja’far Nazarbekovni uylantirdi. Vazir ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari orqali mashhur bo‘lgan Shukurjon domla Egamberdiyevning (Shukurulloh domla) qizi Marziyaxonni kelin qilgan.

Kun.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, nikoh munosabati bilan 22 oktyabr kuni Toshkentdagi to‘yxonalardan birida elga osh berilgan. Shou-biznes yangiliklarini yoritib boruvchi bir qator Telegram-kanallari ushbu tadbirda o‘zbek san’atining ko‘plab yulduzlari, sportchilar va taniqli tadbirkorlar mehmon bo‘lganiga e’tibor qaratgan.

Foto: instagram / Vazira Yunusova

Shuningdek, bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Shukurulloh domla qiz uzatishi munosabati bilan Farg‘onadagi to‘yxonalardan birida elga osh bergani, unda Ozodbek Nazarbekov, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mehmon bo‘lganiga oid videolar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekovning 8 nafar farzandi  bor.

U 2018-2020-yillarda – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2020 yil 22 yanvardan esa O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mavzuga oid
Top