09:26 / 24.10.2022
3514

Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasida birodarlik bitimi imzolandi

Samarqand shahri ma’muriyati taklifiga binoan, 17-20 oktabr kunlari Yaponiyaning Nara shahri meri Gen Nakagava boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Tokiodagi elchixona tomonidan tashkil etilgan safar doirasida Yaponiya delegatsiyasi a’zolari Samarqand shahri kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etib, bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov va Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tomonidan qabul qilindi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yakunida Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzolandi. Ushbu hujjatni imzolashdan ko‘zlangan maqsad Nara va Samarqand shaharlari ikki mamlakat o‘rtasida Buyuk Ipak yo‘li davrida o‘rnatilgan tarixiy uzviy aloqalar mavjudligini inobatga olib, turli sohalarda o‘zaro hamkorlik qilish va ikki shahar birodarlik munosabatlarini rivojlantirish orqali do‘stona aloqalarni chuqurlashtirishga bo‘lgan intilishi bilan izohlanadi.

Top