12:05 / 24.10.2022
10441

Ukraina Bosh shtabi: Rossiya kuchlari Xersondagi 2 ta qishloqni tark etdi

Rossiya qo‘shinlari Xerson viloyatining Charivnoye va Chkalovo qishloqlarini tark etdi, deya xabar berildi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi kechki hisobotida. 

Foto: Picture Alliance

Ayni vaqtda, Berislavdan ofitserlar va tibbiyot xodimlari evakuatsiya qilingan, deya xabar qildi Ukraina harbiylari. 

O‘z navbatida, Rossiya tomoni bu ma’lumotga izoh bermadi.

Bundan oldin Ukraina Qurolli kuchlari Xerson oblastidagi 88 ta aholi punktini va Xarkiv oblastidagi 551 ta aholi punktini rossiyaliklardan ozod qilgandi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko aytib o‘tdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, deokkupatsiya qilingan barcha hududlarda muhim infratuzilmani tiklash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Avvalroq Ukraina armiyasida olti haftalik vaqt borligi, bu vaqt ichida ular Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi janubda va shimoli-sharqda hujumlarini davom ettirib muvaffaqiyat qozonsa, ob-havo sharoiti qarama-qarshi kuchlarni to‘xtatib, qayta to‘planishga majbur qilishi xabar berilgandi. Amerika razvedkasining bunday baholari The New York Times gazetasida keltirilgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top