15:17 / 27.10.2022
6528

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxtiga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxtiga keldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Ostonada birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. 

Uning kun tartibidan mintaqamiz mamlakatlari va Yevroittifoq o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Mavzuga oid
Top