07:21 / 28.10.2022
7363

IT Business magistratura mutaxassisligi bo‘yicha "ikki diplom" xalqaro dasturiga qabul boshlandi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Adju universiteti hamkorligida magistratura «IT Business» mutaxassisligi bo‘yicha “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Foto: Oliy biznes maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Janubiy Koreya Respublikasining Adju Universiteti bilan hamkorlikda 2022-o‘quv yili uchun magistratura «IT Business» mutaxassisligi “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturiga to‘lov-kontrakt asosida quyidagi ta’lim shakliga qabulni e’lon qiladi.

Qo‘shma ta’lim dasturi to‘liq ingliz tilida bo‘lib o‘qitishning 1 va 2-semestrlari Oliy biznes maktabida, 3 va 4-semestrlari Adju universitetida (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tadi.

O‘qishga kirishda qo‘shimcha shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumot:

Qabul komissiyasining ishlash jadvali:

Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Batafsil ma’lumot: +99871 2390302, +998 97 7730555; +99871 2390303.

Veb-sayt: https://rgsbm.uz

Telegram: t.me/rgsbm_uz

Instagram: instagram.com/rgsbm.uz

Facebook: fb.com/rgsbm.uz

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25 uy.

Mavzuga oid
Top