07:28 / 28.10.2022
16473
O‘zbekistonda aholisi o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan tuman ma’lum qilindi

Aholisining o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan hududlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha yoshi eng katta bo‘lgan tuman va shaharlar orasida Yakkasaroy tumani birinchi o‘rinni egalladi – 36,8 yosh.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan doimiy aholining o‘rtacha yoshi 34,6 yosh hamda 34,4 yosh bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek tumani va Mirobod tumani joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Chipchiq shahri – 34,1 yosh;
  • Yunusobod tumani – 33,4 yosh;
  • Yashnobod tumani – 33,2 yosh;
  • Chilonzor tumani – 32,8 yosh; 
  • Buxoro shahri – 32,7 yosh;
  • Tomdi tumani – 32,2 yosh;
  • Nurafshon shahri – 32,2 yosh.

2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshni tashkil etdi.

Mavzuga oid
Top