16:00 / 28.10.2022
5103
“Uzavtosanoat”, “UzAuto Motors” va “Uzauto Motors Powertrain” kompaniyalari ASSA Approved Employer maqomini oldi

2022 yil avgust oyida “Uzavtosanoat”, “UzAuto Motors” va “Uzauto Motors Powertrain” ACCA’ning akkreditatsiyadan o‘tgan ish beruvchi maqomini oldi va hamkoriga aylandi. Ushbu maqom kompaniyaning MHXS (Moliya hisobotlari xalqaro standartlari)ga muvofiq moliya, tahlil va buxgalteriya hisobi sohasidagi mutaxassislarini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari va investitsiyalarini namoyish etadi.

Foto: Uzauto Motors Powertrain

Ayni paytda “Uzavtosanoat” tuzilmasi korxonalarida ACCA, CFA, CFI, CMA, CGMA va CPA kabi xalqaro dasturlar doirasida moliya mutaxassislari malakasini oshirish dasturi mavjud. Yetakchi xalqaro dasturlar bo‘yicha o‘qitish va sertifikatlash imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda topshirish uchun xodimlarga 9 kungacha haq to‘lanadigan ta’tillar taqdim etilgan holda kompaniyalar hisobidan amalga oshiriladi.

Hozirda “Uzavtosanoat”ning 40ga yaqin xodimlari ACCA malaka oshirish jarayonida imtihondan o‘tishmoqda. Shuningdek, soha rahbariyatining qo‘llab-quvvatlashi tufayli, MHXSga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarorlariga (2020 yil 24 fevraldagi PQ 4611-sonli) muvofiq “Uzavtosanoat” va “UzAuto Motors” kompaniyasi tegishli me’yoriy hujjatlarni tayyorlashga hamda moliyaviy mutaxassislar uchun tizimli treninglar o‘tkazish uchun ruxsat olishga muvaffaq bo‘ldi.

Olingan bilim va malakalar moliyaviy mutaxassislarga kompaniyaning iqtisodiy barqarorligi uchun zarur bo‘lgan MHXS bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti, moliyaviy tahlil va nazorat, shuningdek, korporativ boshqaruv sohasidagi xalqaro standartlarni malakali joriy etishga yordam beradi.

Egallangan ko‘nikmalarni qo‘llashga misol tariqasida “Uzavtosanoat” AJda MXHSni joriy etish bo‘limi tomonidan “Wisdom Advisory” MChJ ko‘magida 2019-2020 yillar uchun xolding konsolidatsiyalangan moliyaviy hisoboti tayyorlaganini keltirish mumkin. Bu esa NAS standartlaridan MHXSga ko‘proq hisobotlarga o‘tishni talab qildi va tarmoqning 40dan ortiq tarkibiy korxonalari “Deloitte & Touche” MChJdan auditorlik xulosasini olishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, 2021 yil uchun hisobot ichki resurslar tomonidan tayyorlandi, bu kompaniyaga uchinchi tomon maslahatchilari xizmatlari uchun katta xarajatlardan qochish imkonini berdi. Ushbu misol tashkilotlar uchun xodimlarni rivojlantirishga sarmoya kiritish uchun rag‘bat bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, “UzAuto Motors” AJ SAP tizimida MXHS asosidagi buxgalteriya hisobiga o‘tish yo‘lida, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni respublika va xalqaro fond birjalarida (IPO) dastlabki joylashtirishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda.

ACCA tomonidan tasdiqlangan ish beruvchi maqomi “Uzavtosanoat” AJ xodimlarining salohiyatini rivojlantirishning muhimligini tushunishini va ularning malakasini oshirish hamda kasb ko‘nikmalarini o‘stirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishini tasdiqlaydi. Kompaniya hozirda xodimlarni rivojlantirishdan, shuningdek, moliya va MHXS sohasida o‘sishni xohlaydigan intiluvchan va iqtidorli mutaxassislarni jalb qilishdan manfaatdor.

 Reklama

Mavzuga oid
Top