11:07 / 29.10.2022
3358
Bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya qoidalarini buzgan 6,5 ming xodim ishdan chetlatildi

Bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya qoidalarini buzgan 6 499 nafar ishchi-xodim ishdan chetlashtirildi, 274 ta muassasa faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan jami 10 818 ta rejali tekshirish o‘tkazilgan.

Tekshirishlar davomida bolalar va o‘smirlar ta’lim-tarbiya tashkilotlarida jami kimyoviy tahlillar uchun 120 038 ta namunalardan 4 925 tasi, Bakteriologik tahlillar uchun 121 113 ta olingan namunalardan esa 10 341 tasi talabga javob bermagan.

Bolalar va o‘smirlar muassasalarida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 274 ta muassasalari ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, 6 499 nafar ishchi-xodim ishdan vaqtincha chetlashtirilgan.

Mavzuga oid
Top