09:54 / 31.10.2022
953
O‘zbekiston va Avstriya 2023 yilda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishga kelishib oldi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Avstriya elchisi (qarorgohi Vena shahrida) Allois Kraut bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Foto: Dunyo

Tadbirda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari va yaqin kelajakda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundi va Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya 2023 yilda o‘tkaziladigan 8-yig‘ilishini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

O‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar turli sohalarda, ta’lim, sport va boshqa jabhalarda aloqalarni kengaytirishga tayyor ekanini qayd etdi.

Mavzuga oid
Top