12:17 / 31.10.2022
11171
Rossiya Ukrainaning ko‘plab hududlariga raketa zarbalari berdi

31 oktyabr kuni ertalab Rossiya Ukraina hududiga ko‘p sonli raketalar bilan zarbalar berdi. Butun mamlakat bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilindi. 

Foto: Picture Alliance

Chernihov viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Vyacheslav Chaus zarbalar haqida, xususan, o‘zining Telegram-kanalida yozgan. Mikolayiv viloyati rahbari Vitaliy Kimning so‘zlariga ko‘ra, raketalarning bir qismi Mikolayivdan shimol va shimoli-g‘arbga o‘tgan. 

Mahalliy hukumatlar shuningdek, Kiyev, Vinnitsa, Xarkiv, Poltava viloyatlari hamda Krivoy Rohda Rossiyaning o‘qqa tutishi haqida xabar bermoqda. Rovnoye shahri meri Aleksandr Tretyakning Telegram-kanalidagi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘plab hududlarda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlayapti. 

Bir sutka ichida Rossiya qo‘shinlari 4 ta raketa, 5 ta aviatsiya zarbasi berdi, bir nechta raketa tizimlaridan 90 dan ortiq hujumlarni amalga oshirdi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi ertalabki xulosasida aytiladi. 

«20 dan ortiq aholi punkti dushmanning zarbalariga uchradi. Ular orasida Xarkiv viloyatidagi Kupyansk, Donetsk viloyatidagi Seversk, Xerson viloyatidagi Novaya Kamenka, Mikolayiv viloyatidagi Bereznegovatoye va Ochakov shaharlari bor», — deyiladi xabarda. 

Xarkivda 31 oktyabr kuni ertalab ruslar muhim infratuzilma obektiga zarba berishdi, dedi shahar meri Igor Terexov. «Xarkovga ikkita zarba yetib keldi. Dushman shahardagi muhim infratuzilma obektiga zarba berdi», deb yozdi u Telegram’da. 

Cherkassk viloyatida muhim infratuzilma obektiga zarba berilgan, natijada mintaqaning bir qismi elektr energiyasiz qolgan, dedi Cherkassk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Igor Taburets Telegram’da. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlayapti, dedi u. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top