15:20 / 01.11.2022
22309

Kiyevning zulmatli ko‘chalari, Baxmutdagi ukrain jangchilari. Urush suratlari

31 oktyabr tongida va tunda Ukraina hududlari yoppasiga o‘qqa tutildi. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, jami 10 oblastda 18 ta muhim infratuzilmalar obektlari shikastlangan. Ukrainaning yetti oblastida yuzlab aholi yashash manzillarida tok o‘chgan. Kiyevda iste’molchilarning 80 foizi ichimlik suvi ta’minotisiz qolgan. Vladimir Putin bu hujumlar 29 oktyabr kuni Sevastopolga dronlar hujumi uyushtirilganiga javob bo‘lganini aytdi. Shuningdek Putin Rossiyada safarbarlik yakunlanganini e’lon qildi — va bu bo‘yicha alohida farmon chiqarish borasida «huquqshunoslar bilan maslahatlashishi»ni va’da qildi. Bundan tashqari, RF bosh shtabi 2022 yil kuzida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan rossiyaliklar frontga yuborilmasligini va’da qildi. Rossiya mudofaa vazirligi Qora dengizda «bug‘doy koridori» bo‘ylab kemalar harakati to‘xtatilganini e’lon qildi. Anneksiya qilingan Xerson oblastida tinch aholi «evakuatsiya»si davom ettirilmoqda: Dnepr sohilidan 15 kilometrgacha hududda yashovchi odamlar ham olib ketilmoqda.

Quyida 31 oktyabr, urushning 250-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyevning navbatdagi bor o‘qqa tutilishi

Kiyev ustida raketa zarbasidan keyin ko‘tarilgan tutun. 31 oktyabr Rossiya qo‘shini Kiyev oblastidagi muhim infratuzilma obektlarini o‘qqa tutdi, natijada poytaxtning bir qismi toksiz qoldi, ayrim rayonlar ichimlik suvi ta’minotidan uzildi
Vladyslav Sodel / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevliklar yana havo trevogalari chog‘ida metroga tushib yashirinmoqda
Andrii Nesterenko / EPA / Scanpix / LETA
Vodokachkadan (suv chiqaruvchi nasos o‘rnatilgan joy) suv olayotgan kiyevliklar
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Oynadagi ayol. Kiyev meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, zarbalar vaqtida 350 ming kvartirani elektr bilan ta’minlagan obektga zarar yetgan
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Elektr ta’minotidan uzilgan Kiyev
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainaning Belarus bilan chegarasidagi patrul 

Ukraina davlat chegara xizmati askarlari Ukrainaning Rossiya va Belarus bilan chegarasiga yaqin joylashgan baza atrofidagi o‘rmonda navbatchilik qilmoqda. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi Rossiya Belarus hududiga alohida bo‘linmalarni yuborishda davom etayotganini xabar qilgan. «Belarus Respublikasi hududidan raketa zarbalari va dronlar hujumi uyushtirilishi xavfi saqlanib qolmoqda», — deyiladi hisobotda. Foto: Ed Ram / Getty Images
Ukraina davlat chegara xizmati askarlari chegara yaqinida dron harakatlanayotgani haqida xabar kelib tushgach yirik kalibrli pulemyot bilan yo‘lga tushdi. Foto: Ed Ram / Getty Images
Xandaqdagi ukrain chegarachisi
Ed Ram / Getty Images
Ukraina davlat chegara xizmati askari tankka qarshi NLAW raketa tizimini tekshirib ko‘rmoqda
Ed Ram / Getty Images
Chegara hududida mina xavfi borligi haqidagi ogohlantiruvchi belgi
Ed Ram / Getty Images

Mikolayiv oblasti zarbalar ostida

Mikolayivlik kishi oynalari faner bilan qoplangan supermarketdan chiqib kelmoqda. Shahar muntazam ravishda Rossiya tomonidan zarbalarga uchramoqda. Oxirgi hujum 1 noyabrga o‘tar kechasi yuz berdi, bir ayol halok bo‘ldi. Shuningdek, bir qancha binolar to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan.
Carl Court / Getty Images
Okop tepasiga o‘rnatilgan harbiy formadagi chalg‘ituvchi maneken
Carl Court / Getty Images
Mikolayivlik ayol ko‘cha itlari bilan
Carl Court / Getty Images
Mikolayivdagi yodgorlikni o‘rab qo‘yish uchun qoplarga qum to‘ldirayotgan ishchilar. Ukrainadagi bu yodgorlik 2013 yil dekabr — 2014 yil fevral oylarida Yevromaydan paytida o‘ldirilganlar xotirasiga atalgan.
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA

Baxmutdagi front chizig‘ida ukrain harbiylari

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top