23:23 / 02.11.2022
12904
Erondagi norozilik namoyishlarida qurbonlar soni 277 nafarga yetgan 

Eronda Mahsa Aminiyning o‘limidan so‘ng 50 kundan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 277 nafarga yetgan. Bu haqda Norvegida joylashgan Eron inson huquqlari tashkiloti hisobotida aytilmoqda.

Foto: politico.com

Hisobotda Eronning jami 31 ta viloyatidan 21 tasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan va eng ko‘p halok bo‘lganlar (101 nafar) asosiy aholisi sunniylar bo‘lgan Siston va Balujiston viloyatida ekanligi qayd etilgan.

Viloyatlar va shaharlar kesimida o‘ldirilgan soni quyidagicha: Siston va Balujiston — 101 kishi; Mozandaron — 33 kishi; Tehron — 28 kishi; Kurdiston — 24 kishi: 24 kishi; G‘ilon — 21 kishi; G‘arbiy Ozarboyjon — 20 kishi; Kirmonshoh — 13 kishi; Albo‘rz — 7 kishi; Xurosoni Razaviy —4 kishi; Isfahon — 4 kishi; Zanjon — 4 kishi; Luriston — 2 kishi; Markaziy — 2 kishi; Qazvin —2 kishi; Ko‘hgiluya va Boyar Ahmad — 2 kishi; Sharqiy Ozarboyjon — 2 kishi; Ardabil — 2 kishi; Ilom — 2 kishi; Bushahr — 1 kishi; Simnon — 1 kishi; Xuziston — 1 person; Hamadon — 1 kishi.

O‘ldirilganlar orasida 18 yoshdan kichik bo‘lgan 40 nafar bolalar, 24 nafar ayollar bor.

Eron inson huquqlari faollari agentligi (HRANA) ma’lumotlariga ko‘ra, Aminiyning o‘limi bilan bog‘liq norozilik namoyishlarida kuchishlatar tizimlarning 36 vakili ham halok bo‘lganini qayd etib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Mahsa Aminiy 13 sentabr kuni Tehronda hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. Politsiya uchastkasida u hushini yo‘qotgan, shifoxonga olib ketilgach, 16 sentabr kuni vafot etgan. Garchi Tehron politsiyasi uning hushini yo‘qotishi chog‘i aks etgan videoni ommaga taqdim etganiga qaramasdan, mamlakat bo‘ylab mavjud islomiy rejimga qarshi norozilik namoyishlari avj olgan. Shu vaqtgacha 10 mingdan ortiq namoyishchilar hibsga olingan.

Mavzuga oid
Top