08:51 / 02.11.2022
9494

Haydovchi qanday holatda foydalanish uchun mashinasini berishga majbur ekani aytildi

Transport vositasi haydovchisi qator hollarda foydalanish uchun transport vositasini berishga majburdir. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, ular quyidagicha holatlardan iborat:

IIO, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun;

mazkur xodimlar yo‘l-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini shatakka olish uchun (faqat yuk avtomobilidan);

kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borishga.

Bunda, transport vositasidan foydalangan shaxs haydovchi talab qilganda yo‘l varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib o‘tilgan masofani, o‘z ismi-familiyasi, mansabi, ish joyi nomini, yo‘l varaqasi bo‘lmagan taqdirda, belgilangan tartibda ma’lumot yoki xabar yozib berishi kerak.

Top