10:23 / 03.11.2022
9608

Maktabda o‘quv yilidagi ta’til muddati qanday belgilanishi aytildi

Maktablarda o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari to‘rtga bo‘lingan holda belgilanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, ular quyidagicha belgilanadi:

  • kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan boshlab 1 sentabrgacha.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

1 sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Mavzuga oid
Top