10:48 / 04.11.2022
3720

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘paytirilishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudi International Travel Co. sayyohlik kompaniyasi bosh direktori Abdulaziz Sulaymon bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ziyorat turizm yo‘nalishini keng targ‘ib qilish hamda mamlakatga saudiyalik sayyohlar sonini ko‘paytirish borasidagi masalalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Abdulaziz Sulaymon O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini yanada ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi. Ar-Riyod - Toshkent, Jidda - Samarqand, Madina - Namangan yo‘nalishlari bo‘yicha yangi qatnovlarni joriy etish maqsadga muvofiqligi qayd etildi. Mazkur yo‘nalishlar sayyohlar oqimini ko‘paytirish va o‘zaro savdo hajmini oshirishga xizmat qilishini bildirdi.

Saudi International Travel Co. rahbari so‘nggi yillarda saudiyalik sayyohlar O‘zbekistonga safar qilishga qiziqishi tobora ortayotganini bildirib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir qator takliflarni ilgari surdi.

Top