12:08 / 06.11.2022
30430

«Barselona» Pike bilan xayrlashdi, Holand qaytdi va g‘alaba keltirdi. Kun o‘yinlari

Shanba oqshomida Yevropa futbolida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

Angliya: ozchilik holatida g‘alaba

Manchester Siti – Fulhem 2:1
Gollar: 1:0 – 17 Alvares, 1:1 – 28, penalti Pereyra, 2:1 – 90+5, penalti Holand.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Ake, Akanji, Joau Kanselu, Ruben Diash, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Rodri, Grilish (Foden, 64), Bernardu Silva, Alvares (Holand, 64).
Fulhem – Leno, Tete, Rim, Diop, Robinson, Rid, Uilson (Jyeyms, 76), Pereyra (Harris, 88), Palinya, Villian (Mbabu, 80), Vinisius (Kerni, 76).
Chetlatish: Joau Kanselu (26).

Jarohatidan sog‘aygan Holand «Man Siti» zayavkasiga qaytdi. Norvegiyalik futbolchi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi, hujum markazida «nayza uchi» vazifasini Alvares bajardi. «Shaharliklar»ning so‘nggi to‘rt golida ishtirok etgan argentinalik futbolchi yana o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi va himoyachilar ortiga ochilib, Gundo‘g‘onning uzatmasidan keyin to‘pni to‘sin ostiga kuchli zarba bilan yo‘lladi.

Ammo shundan keyin ishlar Xosep Gvardiolaning rejalariga ters keta boshladi. Arbitr penalti qo‘yish bilangina cheklanmasdan, qoidabuzar Joau Kanseluni maydondan chetlatganida chempionlar murabbiyi shok holatida edi. «Fulhem» birinchi bo‘limda birgina zarba berish orqali hisobni tenglashtirdi - «MYu»ning sobiq futbolchisi Andreas Pereyra «nuqta»dan adashmadi.

Mehmonlar «Etihad»da turib berishdi va hozirda bejiz turnir jadvalining birinchi yarmida mustahkam joylashmaganini isbotlashdi, ayniqsa, «Arsenal»ning sobiq posboni Bernd Leno qator seyvlar amalga oshirdi. Ammo o‘yinga 64-daqiqada tushirilgan Holand omili baribir ish berdi, uning goli avvaliga mikroskopik ofsayd tufayli bekor qilindi, bu vaziyatda barchasini santimetrlar hal qildi, ammo bu santimetrlar o‘yin oxirida unga yordam ham berdi, qo‘shimcha daqiqalar so‘ngida De Bryuyne jarima maydonida yiqilib penalti ishladi, Leno Holandning zarbasi yo‘nalishini topdi, lekin to‘p uning qo‘llari ostidan o‘tib ketdi.

Endi «Siti» kamida «Arsenal»ning bugun «Chelsi»ga qarshi kechadigan o‘yini yakunigacha birinchi o‘ringa qaytdi.

Ispaniya: Pike yetakchi sifatida ketdi

Barselona — Almeriya 2:0
Gollar: Dembele (48), de Yong (62).
Aniq ijro etilmagan penalti: Levandovski (7).
Barselona – ter Stegen, Balde, Pike (Kristensen, 85), Alonso, Alba, Buskets (Gavi, 68), de Yong, Pedri, Levandovski, Dembele (Rafinya, 68), Ferran Torres (Fati, 61).
Almeriya – Fernando, Mendes, Eli (Eguaras, 68), Chumi, Kayki (Babich, 46), Akeme, Melero (Puchmal, 68), Robertone (Portilo, 79), Samu Koshta, Baptistao (Diyego Souza, 46), Ramazoni.
Ogohlantirishlar: Kayki (6), Ferran Torres (9), Dembele (42).

Shanba kuni «Kamp Nou» Jyerar Pike bilan xayrlashdi, bu futbolchi nafaqat faoliyatida «Barsa»dan keyin boshqa jamoa bo‘lmasligi haqidagi va’dasini bajarish uchun butsalarini mixga ildi, balki «Barselona»ga moliyaviy jihatdan yordam berdi, jonajon klubining 50 million yevrolik qarzidan kechib yubordi. Ehtimol aynan shuning evaziga ko‘k-anorranglilar yanvarda Bernardu Silvani safiga qo‘shib olishi mumkin bo‘ladi. Maydonga o‘g‘illari bilan chiqib kelgan Pike o‘z orzusidagi yana bir qadamni tashladi — u klub prezidentligi uchun keyingi saylovlarga nomzodini qo‘yadi.

Va barcha aynan shu kuni sardorlik bog‘ichini taqib chiqqan Jyerar o‘yinning ilk daqiqalarida belgilangan penaltini ijro etish uchun yo‘l olishini kutgandi. Tribunalar buni talab qildi va aftidan shunday qilish kerak edi, chunki o‘yin oldidan la liganing oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni qabul qilib olgan Levandovski to‘pni tepishdan oldin tushunarsiz pauza qildi va qiyshiq zarba berdi. Faqat qayd etish kerakki, Pikening o‘zi ham zarbani polshalik forvard ijro etishi kerakligini ko‘rsatgandi.

Birinchi bo‘lim davomida 16 bor zarba bergan «Barsa» yana bir qancha qulay vaziyatlardan foydalana olmadi va bo‘lim golsiz yakunlandi. Mezbonlar himoyasidagi qo‘pol xatodan «Almeriya» gol urib ketishi ham mumkin edi, ammo Ter Shtegen qutqardi. Ikkinchi bo‘limda esa Dembelening qanotdan yorib kirishi hisobdagi muvozanatni buzdi. Fransuz hujumchisi pozitsiyasini maksimal darajada yaxshilab olib shunday zarba berdiki, darvozabon bu zarbani to‘sish uchun tashlanib ham o‘tirmadi.

Ko‘p o‘tmay raqib jarima maydonida bo‘sh qoldirilgan Frenki de Yong darvozabondan qaytgan to‘pni to‘rga qayta joylab qo‘ygach, o‘yindagi intriga o‘ldi, o‘yin oxirlarida esa Pike almashtirilayotganida har bir jamoadoshi bilan quchoqlashib xayrlashish uchun ko‘p vaqt sarflashi raqibda e’tiroz uyg‘otmadi. Ehtimol, hisobdagi farq ikki gol bo‘lmaganida ham «Almeriya» futbolchilaridan hech biri bunga qarshi bo‘lmagan bo‘lardi.

Jamoa bilan 30 sovrin yutgan Pike la liga yetakchisi sifatida faoliyatini yakunladi. Kataloniyaliklar kamida dushanba kunigacha, «Real»ning tur doirasidagi o‘yini o‘tkazilguncha turnir jadvali peshqadami bo‘lib qoladi.

Italiya: «Napoli» Xvichasiz ham amalladi, Jiru top-gol urdi

Atalanta — Napoli 1:2
Gollar:
Lukman (19, penalti) — Osimhen (23), Elmaz (35).
Atalanta – Musso, Hatebur (Soppi, 86), Toloi, Demiral, Skalvini, Mele, Pashalich (Malinovskiy, 71), Kopmeyners (de Ron, 81), Ederson, Lukman (Boga, 81), Heylund (Sapata, 71). 
Napoli – Meret, Di Lorenso, Jyezus, Kim Min Je, Olivera, Lobotka, Zelinski (Politano, 64), Zambo-Angissa (Gaetano, 90+3), Elmaz (Dzerbin, 90+3), Losano (Ndombele, 64), Osimhen (Simeone, 75).
Ogohlantirishlar: Demiral (36), Kim Min Je (57), Heylund (58), Sapata (90+2), Toloi (90+4).

Beldagi og‘riq tufayli Kvaraxseliya A seriya turnir jadvalining birinchi va ikkinchi pog‘onalarini egallab turgan jamoalar o‘rtasidagi turning markaziy uchrashuvini o‘tkazib yubordi. «Napoli» asosiy yulduzisiz hisobda ta’qib etuvchi jamoaga aylandi, burchak zarbasi amalga oshirilganida to‘p Osimhenning qo‘liga tegdi va videotakrordan keyin penalti belgilandi, faoliyatidagi eng samarali mavsumni o‘tkazayotgan Lukman (6 gol) zarba berishda adashmadi.

Chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan Osimhen esa aybini ortig‘i bilan yuvdi, avvaliga u Zelinskining uzatmasini bosh bilan zarba berish mahoratini ishga solgan holda golga aylantirdi. Keyin esa A Seriyada eng ko‘p gol urgan nigeriyalik futbolchiga aylanib olgan (32 gol) forvard assistent rolini bajardi va Elmas gol urishiga yordam berdi. Elmasga bu o‘yinda omad kulib boqdi, ikkinchi bo‘limda Lukmanning zarbasidan keyin to‘p unga tekkan holda darvoza to‘siniga tegdi.

A seriya tarixida ilk bor qatorasiga to‘qqiz g‘alaba qayd etgan «Napoli» endi bu ta’qibchisi bilan oradagi farqni yanada oshirdi (8 ochko). 

Milan — Spetsiya 2:1
Gollar: Ernandes (21), Jiru (89) — Maldini (59). 
Milan – Teterushanu, Kalulu, Tomori, Gabbiya, Ernandes, Krunich, Binnosir (Tonali, 46), Dias (de Ketelare, 72), Origi (Jiru, 72), Leau (Tiav, 90+1), Messias (Rebich, 72). 
Spetsiya – Drongovski, Amyan (Retsa, 54), Kaldara, Ampadu, Kiver, Xolm, Ekdal (Strelets, 90), Burabiya (Ellersson, 69), Agudelo (Xristov, 68), Nzola, Maldini (Verde, 68).
Ogohlantirishlar: Binnosir (40), Messias (63), Ampadu (74), Ellersson (81), Jiru (83), Ernandes (83), Nzola (83), Kaldara (88), Tonali (90+4).
Chetlatish: Jiru (90).

Amaldagi chempionlar «Napoli» taqdim etgan imkoniyatni boy bermadi va «Atalanta»ni quvib o‘tib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Lekin jamoa birinchi bo‘limda juda qiynaldi, Ernandesning golida ofsayd bor-yo‘qligini VAR bir necha daqiqa davomida tekshirdi. «Milan» tanaffusgacha yana gol urishiga raqiblar darvozaboni Drongovski va Rafael Leauning zarbasi to‘singa tegishi xalal berdi (goldan oldinroq Krunichning zarbasi bilan ham shunday bo‘lgandi). Bo‘lim oxirlarida esa Nzola mezbonlar darvozabonidan o‘tdi, ammo bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi.

Biroq mehmonlarning ketma-ket hujumlari baribir samara berdi, bu hatto dramatik kechdi — Daniele Maldini otasining ko‘z o‘ngida hisobni tenglashtirdi. Paolo Maldini o‘z o‘g‘lini «Spetsiya»ga buning uchun ijaraga bermagani aniq, u esa «San-Siro»dagi ilk golini raqib jamoa safida urdi. 

Ikkinchi bo‘lim davomida Tonalining ajoyib goli videotakrordan keyin bekor qilindi - hujum boshlanishida fol ro‘y bergani qayd etildi. Stefano Pioli boshqaruvida irodali jamoaga aylangan «Milan» baribir maqsadiga erishdi. «Rossoneri»ning mavsumdagi qahramonlaridan yana biri Jiru o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Tonalining uzatmasidan keyin to‘pga aql bovar qilmas harakat bilan sakradi va g‘alaba golini urdi. Golni nishonlash chog‘ida u futbolkasini yechib yubordi va ikkinchi sariq kartochkani olib, keyingi turni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Germaniya: prezident uchun g‘alaba

Borussiya D – Bohum 3:0
Gollar: 1:0 – 8 Mukoko, 2:0 – 12, penalti Reyna, 3:0 – 45 Mukoko.
Borussiya D – Kobel, Zyule (Passlak, 67), Xummels, Shlotterbek, Gerreyru (Azar, 78), Brandt, Ozdjan, Reyna (Roys, 67), Bellingem, Malen (Adeyyemi, 68), Mukoko (Modest, 82).
Bohum – Rimann, Gamboa, Lambropulos, Ordets, Danilo Soares, Stafilidis, Osei-Tutu (Holtmann, 71), Ferster, Osterhage, Losilla, Shteger, Tsoller (Antvi-Adjyey, 71), Hofmann (Ganvula, 71).

«Borussiya» shu kuni yomon o‘ynashga haqli emasdi, chunki dortmundliklar o‘yiniga shu kuni klubning afsonaviy prezidenti — 75 yoshli Raynhard Rauball kelgandi. Uni bu lavozimga birinchi marta 1979 yilda saylashgandi — u o‘shanda bundesliga tarixidagi eng prezidentga aylangan. Shanba kuni «Signal Iduna Park» tribunalariga murojaat qilar ekan, Rauball shuni tan oldi: dastlabki vaqtlarda u butun hayotini shu klub bilan bog‘lashini tasavvur qilmagan. Endi esa — u faxriy prezident, bunaqasi esa Germaniyada kamdan kam kuzatiladi.

Fanatlar bossga ta’sirli banner tayyorlashdi, futbolchilar esa birinchi bo‘limning o‘zida autsayder mudofaasini yakson etishdi. Avvaliga Mukokoning zarbasi rikoshet orqali darvoza to‘sini ostidan to‘rga borib tushdi. Keyin Reyna Malen tomonidan ishlangan penaltini aniq ijro etdi. Nihoyat Mukoko bo‘lim oxirida darvozabon oldinga chiqib ketganidan foydalanib, dublni nishonladi.

Shundan so‘ng «asalarilar» tinchlanishdi va ikkinchi bo‘lim ko‘proq shifokorlar ishtirokidagi noqulay vaziyatlar bilan yodda qoldi. «Borussiya» xodimlari Hummelsga yordamga shunchalik shoshilishdiki, ulardan biri toyib ketdi va Rafael Gerreyruni chalib yiqitdi. Bir necha daqiqadan keyin «Bohum» fiziaterapevti ham yiqilib tushdi va uning oyog‘i gazonda yotgan Losillaning yuziga borib urildi. Futbolchilar baxtiga ikki holat ham jiddiy oqibatlarsiz kechdi va «Borussiya» sog‘ayib safga qaytgan Roys bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Herta – Bavariya 2:3
Gollar: 0:1 – 12 Musiala, 0:2 – 37 Shupo-Moting, 0:3 – 38 Shupo-Moting, 1:3 – 40 Lukebakio, 2:3 – 45, penalti Zelke.
Gerta – Kristensen, Kenni, Kempf, Roxel, Plattenxardt (Mittelshtedt, 64), Boateng, Maolida, Boetiyus, Tuzar, Serdar (Edjuke, 65), Zelke (Kanga, 64), Lukebakio, Rixter.
Bavariya – Noyyer, Mazraui, Upamekano, Pavar, Devis (Ernandes, 64), Zabitser, Sane, Goretska, Kimmix, Shupo-Moting, Mane (Koman, 64), Gnabri, Musiala.

Avvaliga Sandro Shvarsda «Bavariya»ga taklif etish uchun hech narsa yo‘qdek ko‘rindi. «Herta»ning ilk xatosiyoq Musialaning goli bilan yakunlandi. Keyin ayni damda fenomenal o‘yin ko‘rsatayotgan Shupo-Moting golli seriyasini yetti o‘yinga yetkazdi va ikki daqiqa ichida ikki gol urdi. Kamerunlik futbolchi gol sezish qobiliyatini namoyish etmoqda va ikki holatda ham raqib jarima maydonida kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo‘ldi.

«Bavariya» kamida yakshanba kungi o‘yinlar yakuniga qadar peshqadamlikka qaytgan bo‘lsa-da, bu o‘yinda g‘alabani qo‘ldan boy berishi ham mumkin edi. Myunxenliklar bo‘shashib Lukebakio to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘llashiga imkon berishdi, ko‘p o‘tmay jamoa darvozasiga penalti belgilandi. Tanaffus arafasida hisobni qisqartirgan «Herta» o‘yin yakuniga qadar mehmonlarni tahlika ostida ushlab turdi. O‘yinning oxirgi daqiqalarida Upamekano jarima maydonida qoidabuzarlik qilgani uchun navbatdagi penalti belgilanishi ham mumkin edi, ammo hakam mezbonlarning talabini qondirmadi.

Myunxenliklar posboni Noyyer uchun bu «Herta»ga qarshi o‘yinlardagi 22-g‘alaba bo‘ldi va bundesligada bir futbolchi bir raqibga qarshi o‘yinlarda erishgan eng yaxshi natijadir. Myunxenliklarning ko‘nglini xira qiladigan yana bir voqea Deyvis jarohat olishi bo‘ldi. Kanadiyalik futbolchi kamida JCh-2022 startini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Kun statistikasi

  • APLda qatorasiga ikki o‘yinda ikki gol ustunligiga ega bo‘laturib yakunda mag‘lubiyatga uchragan 1-jamoa «Bornmut» bo‘ldi.
  • 2 daqiqayu 32 soniya — «Salernitana» safidagi Pentyok jamoasining A seriyadagi eng tezkor golini urdi.
  • 2 goda ne delal dubley otlichivshiysya v derbi s «Beshiktosh» napadayushchiy «Galatasaroy» hujumchisi Ikardi «Beshiktosh»ga qarshi dubl qayd etdi, jamoa futbolchilari derbi o‘yinlarida ikki yildan buyon dubl qayd etishmagandi.
  • 4 ochka Ispaniya chempionatida «Elche» 13 turda 4 ochko jamg‘ardi. La ligada mavsumning bu davrida bundan kamroq ochko jamg‘argan avvalgi jamoa Xixonning «Sporting» klubi bo‘lgandi, o‘shanda xixonliklar 1997/98 yillar mavsumida 13 turdan keyin 2 ochko olishgandi.
  • «Brentford» futbolchilari APLda 10 penalti ijro etishdi. Bu 11 metrlik jarima zarbasini ijro etishda biror marta xato qilmagan jamoa uchun eng yaxshi ko‘rsatkich.
  • «Shalke» Bundesligada safar o‘yinlaridagi g‘alabasiz seriyasini 35 o‘yinga yetkazdi. Bu «Karlsrue» tomonidan 1975-1981 yillar oralig‘ida qayd etilgan turnir antirekordi takrorlanishidir.
  • «Ayachcho» liga 1 o‘yinlarida 0:2 hisobini g‘alabaga aylantirish uchun 134-urinishda muvaffaqiyatga erishdi. Bungacha jamoa shunday vaziyatda 4 durangga erishib, 129 holatda mag‘lubiyatga uchragan.
Top