09:52 / 07.11.2022
8478

O‘zbekiston maktablarida ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha Hindiston tajribasi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ko‘magida Xalq ta’limi vazirligi va Hindistonning CfBT Education Service kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn-muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Muloqotda O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev, mamlakat elchisi Dilshod Ahadov, CfBT Education Service kompaniyasi direktori Gudivaka Prasad, boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Muzokaralarda ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlik imkoniyatlari, maktablarda ingliz tilini o‘rgatish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribani joriy etish masalalari muhokama qilindi.

CfBT Education Service tashkiloti rahbari O‘zbekiston yoshlari orasida xorijiy tillarni targ‘ib etish va o‘qitishga qaratilgan e’tiborni yuqori baholab, bu borada amaliy hamkorlikka hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi. 

Ingliz tilidagi zamonaviy darsliklar holati, ularga bo‘lgan talab va ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish tashkiliy jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.

Top